Texnik xizmat ko’rsatish

Texnik xizmat ko’rsatish

4. Tortma burchaklarini yumshoq cho'tkada tozalang.

5. Bo'shatish richagi va suyuq kir yuvish vositasi idishini tortmaga qayta qo'ying.

6. Yopish uchun tortmani ichkariga suring.

IZOH

Qolgan vositani olib tashlash uchun baraban bo'sh holatida ПОЛОСКАНИЕ+ОТЖИМ (CHAYISH+SIQISH) rejimini bajaring.

Muzdan tushirish

Uning harorati 0 °C dan pastga tushganida kir yuvish mashinasi muzlashi mumkin.

1.Kir yuvish mashinasini o’chiring va elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

2.Shlangni ajratib olish uchun shlanglar ulangan vodoprovod krani ustidan iliq suv quying.

3.Suv quyish shlangini uzing va uni iliq suvga botiring.

4.Barabanga iliq suv quying va uni 10 daqiqa davomida qoldiring.

5.Suv quyish shlangini suv kraniga qaytadan ulang.

IZOH

Agar shunda ham kir yuvish mashinasi yaxshi ishlamasa, u yaxshi ishlagunicha yuqoridagi qadamlarni takrorlang.

Uzoq vaqt foydalanilmaslikka qarshi qarov

Kir yuvish mashinasidan uzoq vaqt foydalanmasdan qoldirmang.

Agar shunday qilishga to’g’ri kelsa, kir yuvish mashinasini quriting va elektr tarmog’iga ulash kabelini rozetkadan chiqaring.

1.ПОЛОСКАНИЕ+ОТЖИМ (CHAYISH+SIQISH)-ni tanlash uchun Rejim tanlagichni burang.

2.Barabanni bo’shatib, Boshlash/To’xtatish tugmasini bosing.

3.Rejim ishi tugallangach suv kranini yoping va suv ta’minoti shlangini uzing.

4.Kir yuvish mashinasini o’chiring va elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

5.Baraban ichida havo aylanishi uchun eshikni oching.

42  O’zbekcha

WW80J7250GW_03508B-04-UZ.indd 42

2017/3/3 10:48:04

Page 210
Image 210
Samsung WW80J7250GW/LP Muzdan tushirish, Uzoq vaqt foydalanilmaslikka qarshi qarov, Yopish uchun tortmani ichkariga suring