Pol qoplamasi

Kir yuvish mashinasi eng yaxshi darajada ishlashi uchun u tekis va qattiq sirtga o'rnatilgan bo'lishi kerak. Tebranishlarni va/yoki muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish uchun yog'och pollarni mustahkamlash talab qilinishi mumkin. Gilam qoplamalar va kafelli pollar tebranishlarga yaxshi qarshilik ko'rsatmaydi va siqish rejimida kir yuvish mashinasining ozgina siljishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki noturg'un sirtlarga O'RNATMANG.

Suv harorati

Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang, chunki suv mashinasining klapanlari, nasoslari va/yoki shlanglarida doimo ma'lum miqdorda suv qoladi. Ulanish qismlarida qolgan muzlagan suv kamarlar, nasos va kir yuvish mashinasining boshqa qismlariga shikast yetkazishi mumkin.

Tokchaga o'rnatish

Barqaror ishlashi uchun minimal masofalar:

Yon tomonlar bo'yicha

25 mm

 

 

Tepasi

25 mm

 

 

Orqadan

50 mm

 

 

Old taraf

550 mm

 

 

Agar kir yuvish mashinasi va quritgich bir joyga o'rnatilsa, tokchaning old tomonida kamida 550 mm bo'lgan, to'siqsiz havo kirish tirqishi bo'lishi kerak. Kir yuvish mashinasining o'zi uchun hech qanday maxsus havo kirish tirqishi talab qilinmaydi.

O'zbek  17 

O'rnatish

Untitled-44 17

2017-06-26 ￿￿ 5:41:36

Page 197
Image 197
Samsung WW90J5446FX/LP, WW90J5446FW/LP manual Pol qoplamasi, Suv harorati, Tokchaga ornatish