Ishga tushirishdan avval

Dastlabki sozlashlar

Kalibrlash funksiyasini bajarish (tavsiya etiladi)

Kalibrlash kir yuvish mashinasi tomonidan vaznni aniq aniqlashni kafolatlaydi. Kalibrlash ni ishga tushirishdan avval barabanning bo'sh ekanligiga ishonch hosil qiling.

1.Kir yuvish mashinasini o'chirib, keyin qayta yoqing.

2.Kalibrlash rejimiga kirish uchun Haror. va Keyinroq tugatish tugmalarini 3 soniya birga bosib turing. “Cb” xabari paydo bo'ladi.

3.Kalibrlash siklini boshlash uchun Boshlash/Pauza tugmasini bosing.

4.Baraban 3 daqiqacha soat mili yo'nalishida va soat miliga qarama-qarshi yo'nalishda aylanadi.

5.Sikl tugallangach, displeyda “0” ko'rinadi va kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda o'chadi.

6.Kir yuvish mashinasi foydalanish uchun tayyor.

Kir yuvish bo'yicha ko'rsatmalar

1-qadam  Saralash

Kirlarni quyidagi mezonlar bo'yicha turlarga ajrating:

Yuvish bo'yicha ko'rsatma berilgan yorliq: Yuviladigan kirlarni paxta, aralash matolar, sintetika, ipak, jun va viskozadan qilingan buyumlar turlariga ajrating.

Rangi: Oq rangdagilarni ranglilaridan ajrating.

O‘ lcham: Turli o'lchamdagi kiyimlarni barabanga birgalikda solish kir yuvish samaradorligini yaxshilaydi.

Ta'sirchanlik: Toza, yangi junli buyumlar, pardalar va ipakli buyumlar uchun nozik buyumlarni alohida yuving. Buyumlarning yorliqlarini tekshiring.

IZOH

Kir yuvishni boshlashdan avval kiyimlar yorliqlarini albatta tekshiring va ularni tegishli turlarga ajrating.

O'zbek  25 

Ishga tushirishdan avval

Untitled-44 25

2017-06-26 ￿￿ 5:41:39

Page 205
Image 205
Samsung WW90J5446FX/LP Ishga tushirishdan avval, Dastlabki sozlashlar, Kir yuvish boyicha korsatmalar, Qadam Saralash