Qarov

Buzilgan ishlashni oldini olish va uning xizmat ko'ratish siklini saqlash uchun kir yuvish mashinasini toza saqlang.

Eko baraban tozalash

Barabanni tozalash va bakteriyalarni yo'qotish uchun bu siklni muntazam ravishda bajarib turing.

1.Kir yuvish mashinasini yoqish uchun Quvvat tugmasini bosing.

2.Sikl tanlagichni burab, ОЧИСТКА БАРАБАНА ECO (EKO BARABAN TOZALASH)ni tanlang.

3.Boshlash/Pauza tugmasini bosing.

IZOH

ОЧИСТКА БАРАБАНА ECO (EKO BARABAN TOZALASH) uchun suv harorati 70 °C ga o'rnatilgan va buni o'zgartirib bo'lmaydi.

Har 40 marta yuvgandan so‘ng ОЧИСТКА БАРАБАНА ECO (EKO BARABAN TOZALASH) siklini ishlatish tavsiya etiladi.

DIQQAT

Barabanni tozalash uchun hech qanday tozalash vositalaridan foydalanmang. Barabandagi kimyoviy qoldiqlar yuvish samaradorligini pasaytiradi.

EKO BARABAN TOZALASH eslatmasi

Har 40-yuvishdan keyin bosh ekranda ОЧИСТКА БАРАБАНА ECO (EKO BARABAN TOZALASH) eslatmasi ko'rsatiladi. ОЧИСТКА БАРАБАНА ECO (EKO BARABAN TOZALASH) ni muntazam ravishda bajarib turish tavsiya qilinadi.

Bu eslatmani ilk bor ko'rganingizda uni keyingi 6 marta yuvish paytida e'tiborsiz qoldirishingiz mumkin. 7chi yuvishdan keyin eslatma ko'rsatilmaydi. Biroq, navbatdagi 40chi yuvishda yana paydo bo‘ladi.

Qarov

O'zbek  39 

Untitled-44 39

2017-06-26 ￿￿ 5:41:43

Page 219
Image 219
Samsung WW90J5446FX/LP, WW90J5446FW/LP manual Qarov, Eko baraban tozalash, EKO Baraban Tozalash eslatmasi