Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

O'rnatishga oid ogohlantirishlar

DIQQAT

Ushbu mashina elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr tokining chiqib ketishi tufayli tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashinani uning og'irligini ko'tara oladigan qattiq, tekis polga o'rnating.

Ushbu talabga amal qilmaslik anomal tebranishlar, mashinaning polda siljib ketishi, shovqin chiqishi yoki mahsulot nosozliklariga olib kelishi mumkin.

Foydalanishga oid muhim ogohlantirishlar

OGOHLANTIRISH

Agar mashina suv bilan to'lib qolsa, darhol suv va elektr ta'minotini o'chiring va o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho'l qo'llaringiz bilan tegmang.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Agar ushbu mashina g'alati shovqinli tovushlar, kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Gaz (propan, siqilgan gaz va boshqalar kabi) chiqish holatlari yuz berganda, darhol xonani shamollating va elektr manbaiga ulash kabeliga tegmang. Ushbu mashina yoki elektr manbaiga ulash shnuriga tegmang.

Ventilyatordan foydalanmang.

Uchqun chiqishi portlash yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Bolalarga kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida o'ynashlariga yo'l qo'ymang. Bundan tashqari, mashinani chiqitga chiqarishda kir yuvish mashinasi eshigining dastasini olib tashlang.

Mashina ichiga kirgach, bola tiqilib qolishi va bo'g'ilishi mumkin.

Kir yuvish mashinasidan foydalanishni boshlashdan avval uning asosiga biriktirilgan qadoqlarni (gubka, penoplast) olib tashlanganligiga ishonch hosil qiling.

Mashinaning kirlangan qismlarini gazolin, benzin, kerosin, bo'yoqlarning erituvchilari, spirt yoki boshqa yonuvchi yoki portlovchi moddalar bilan yuvmang.

Bu elektr toki urishi, yong'in yoki portlashga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotganda (yuqori haroratli suv bilan kir yuvish/quritish/siqish rejimlarida), uning eshigini kuch bilan ochmang.

Kir yuvish mashinasidan oqib chiqayotgan suv kuyishga sabab bo'lishi yoki polni sirpanchiq qilishi mumkin. Bu jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.

8  O'zbek

Untitled-44 8

2017-06-26 ￿￿ 5:41:34

Page 188
Image 188
Samsung WW90J5446FW/LP, WW90J5446FX/LP manual Ornatishga oid ogohlantirishlar, Foydalanishga oid muhim ogohlantirishlar