Qarov

Smart Check

Bu funksiyani yoqish uchun avval Samsung Smart Washer ilovasini Play Store yoki Apple Store’dan yuklab olib, kamerasi bor mobil qurilmaga o'rnatishingiz kerak.

Smart Check funksiyasi Galaxy va iPhone seriyasidagi (tegishli modellardagina) telefonlar uchun optimallashtirilgan.

1.Kir yuvish mashinasi tekshirilishi kerak bo‘lgan muammoni aniqlasa, displeyda axborot kodi paydo bo‘ladi. Smart Check rejimiga kirish uchun Siqish va Opsiyalar tugmalarini birga 3 soniya bosib turing.

2.Kir yuvish mashinasi o'zini diagnostika qiladi va agar muammo topilsa, axborot kodini ko'rsatadi.

3.Mobil qurilmangizda Samsung Smart Washer ilovasini ishga tushiring va Smart Check ga teging.

4.Mobil qurilmani kir yuvish mashinasining ekraniga yuzlashtiring, shunda smartfon kamerasi bilan kir yuvish mashinasi yuzma-yuz tursin. Keyin axborot kodi avtomatik ravishda ilova tomonidan aniqlanadi.

5.Axborot kodi to'g'ri aniqlanganida, ilova muammo haqida batafsil ma'lumot bilan tegishli yechimni ko'rsatadi.

IZOH

Smart Check funksiyasining nomi tilga qarab farq qilishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinasi ekranida kuchli yorug'lik akslansa, ilova axborot kodini aniqlay olmasligi mumkin.

Agar ilova Smart Check kodini ketma-ket aniqlay olmasa, axborot kodini ilova ekraniga qo'lda kiriting.

Qarov

40  O'zbek

Untitled-44 40

2017-06-26 ￿￿ 5:41:43

Page 220
Image 220
Samsung WW90J5446FW/LP, WW90J5446FX/LP manual Smart Check