Barcha qadoqlash materiallarini bolalarning qo’llari yetmaydigan joylarda saqlang, chunki qadoqlash materiallari ular uchun xavfli bo’lishlari mumkin.

Agar bola paketga boshini tiqsa, bu uning bo’g’ilib qolishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina, elektr manbaiga ulash vilkasi yoki shnuri shikastlangan hollarda o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Ushbu mashina ishonchli tarzda yerga ulangan bo’lishi kerak.

Ushbu mashinani gaz ta’minoti trubasi, plastik vodoprovod trubasi yoki telefon liniyasi orqali yerga ulamang.

Bu elektr toki urishi, yong’in chiqishi, portlash yoki mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.

Hech qachon elektr manbaiga ulash vilkasini tegishli ravishda yerga ulanmagan rozetkaga ulamang va yerga ulashning mahalliy va milliy tartiblariga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qiling.

Ushbu mashinani isitgichlar yoki har qanday yonuvchan materiallar yaqiniga o’rnatmang.

Ushbu mashinani nam, yog’li yoki chang bosgan joylar yoki to’g’ridan-to’g’ri quyosh yoki suv (masalan, yomg’ir tomchilari ostiga) ta’siri ostidagi joylarga o’rnatmang.

Ushbu mashinani past haroratli joylarga o’rnatmang.

Muzlash trubalarning yorilishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashinani gaz chiqib ketishi mumkin bo’lgan joylarga o’rnatmang.

Bu elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Elektr transformatorlaridan foydalanmang.

Bu elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Shikastlangan elektr manbaiga ulash vilkasi, shikastlanagan elektr manbaiga ulash shnuri yoki kontaktlari bo’shab qolgan rozetkadan foydalanmang.

Bu elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash shnurini qattiq tortmang yoki ortiq darajada bukmang.

Elektr manbaiga ulash shnurini o’ramang yoki bog’lamang.

Elektr manbaiga ulash shnurini metall buyumlarga osmang, elektr manbaiga ulash shnuri ustiga og’ir buyumlarni qo’ymang, elektr manbaiga ulash shnurini buyumlar orasiga joylashtirmang yoki elektr manbaiga ulash shnurini mashinaning orqa devorida joylashgan maydonga kiritmang.

Bu elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Viklani rozetkadan sug’urishda elektr manbaiga ulash shnuridan tortmang.

Elektr manbaiga ulash vilkasini vilkadan ushlagan holda rozetkadan sug’urib oling.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog’iga ulash shnuri, vodoprovod krani va suv chiqarish trubasidan foydalanish mumkin bo’lgan tarzda o’rnatilishi kerak.

O‘zbekcha  7

Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

WW90M64LOPA_DC68-03863J-00_UZ.indd 7

2018/1/30 14:07:51

Page 143
Image 143
Samsung WW90M64LOPA/LP, WW90M64LOPO/LP manual Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar