Xizmat ko‘rsatish

Xizmat ko‘rsatish

Nasos filtri

Nasos filtri to'lib qolishini oldini olish uchun uni yiliga 5 yoki 6 marta tozalash tavsiya qilinadi. Nasos filtri to'lib qolsa, ko’pik effekti samaradorligi pasayishi mumkin.

1. Kir yuvish mashinasini o’chiring va elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

2. Baraban ichida qolgan suvni chiqarib tashlash.

“Favqulodda holatda suvni chiqarib tashlash” bo'limiga qarang.

3. Ochish uchunfiltr qopqog'ining tepa qismini ohista bosing.

4. Nasos filtr kallagini chapga burang va qolgan suvni chiqarib tashlang.

5. Yumshoq cho'tka yordamida nasos filtrini tozalang. Filtr ichidagi suv chiqarish nasosi parragining tiqilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

6. Nasos filtrini joyiga qaytib o'rnating va filtr kallagini o'ngga burang.

IZOH

Ayrim nasos filtrlarida xavfsizlik kallagi bo'lib, u bolalar tomonidan sodir etiladigan baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun mo'ljallangan. Nasos filtri xavfsizlik kallagini ochish uchun uni itarib, soat mili yo'nalishiga teskari yo'nalishda burang. Xavfsizlik kallagining prujinali mexanizmi filtrni ochishga yordam beradi.

Nasos filtri xavfsizlik kallagini yopish uchun uni soat mili yo'nalishida burang. Prujina tirqillagan tovush chiqaradi, bu normal holat.

IZOH

Agar nasos filtri to'liv qolgan bo'lsa, displey ekranida “5C” xatolik kodi paydo bo'ladi.

DIQQAT

Filtrni tozalagandan keyin filtr qopqog'ining to'g'ri yopilganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda bu suvning oqib ketishiga olib kelishi mumkin.

Tozalagandan keyin filtrning to'g'ri solinganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda bu ishlash xatoligi yoki suvning oqib ketishiga olib kelishi mumkin.

52  O‘zbekcha

WW90M64LOPA_DC68-03863J-00_UZ.indd 52

2018/1/30 14:08:00

Page 188
Image 188
Samsung WW90M64LOPO/LP, WW90M64LOPA/LP manual Nasos filtri, Baraban ichida qolgan suvni chiqarib tashlash