Sozlanmalar

Bolalardan himoya qulfi

Bolalar yoki go‘daklar bexosdan mashinani ishga tushirib yuborishi yoki sozlamalarni o‘rnatishidan himoyalash uchun Bolalardan himoya qulfi Quvvat tugmasidan tashqari boshqa barcha tugmalarni qulflaydi.

Bolalardan himoya qulfini faollashtirish

- va + (Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) opsiyasining) tugmalarini bir vaqtda 3 soniya bosib turing.

So‘ng, faollashtirish uchun Boshlash/To‘xtatish (Boshlash uchun bosib turing) tugmasini bosib turing. Eshik qulflanadi va bolalardan himoya qulfi indikatori yonadi.

Bolalardan himoya qulfini vaqtincha faolsizlashtirish Bolalardan himoya qulfini 1 daqiqaga vaqtinchalik faolsizlashtirish mumkin. Eshik 1 daqiqa davomida qulfdan ochilgan holatda bo‘ladi va bolalardan himoya qulfi indikatori yonib o‘chadi.

- va + (Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) opsiyasining) tugmalarini bir vaqtda 3 soniya bosib turing.

IZOH

Agar bolalardan himoya qulfini faolsizlashtirgandan so‘ng 1 daqiqa yoki undan ortiq vaqt davomida ochiq tursa, 2 daqiqagacha tovushli signal chalinadi.

Agar mana shu 2 daqiqa ichida eshikni yopsangiz, eshik qulflanadi va bolalardan himoya qulfi yana faollashadi. Agar eshikni yopmasangiz yoki eshik to‘g‘ri yopilmasa, signal 2 daqiqa davomida chalinib turaveradi.

Bolalardan himoya qulfini faollashtirgandan so‘ng qo‘shimcha kir solmoqchi bo‘lsangiz, avval bolalardan himoya qulfini faollashtiring va mashinani qayta ishga tushiring.

Bolalardan himoya qulfini bekor qilish

Faolsizlashtirish uchun - va + (Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) opsiyasining) tugmalarini bir vaqtda 3 soniya bosib turing va so‘ng, bolalardan himoya qulfini bekor qilish uchun yana shu tugmalarni 3 soniya bosib turing. Eshik qulfdan ochiladi va bolalardan himoya qulfi indikatori o‘chadi.

Tovush yoq./o'ch.

Kir yuvish mashinasidan chiqadigan tovushni yoqish yoki o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Bu funksiya o‘chiq holatga sozlangan bo‘lganda, AddWash signali, sikl yakunlanganini bildurvchi musiqa va quvvat o‘chganda yangraydigan tovush yangraydi. Ammo boshqa tovushlar yoniq holatda qoladi.

Tovushni o‘chirish uchun Опции (Opsiyalar) tugmasini 3 soniya bosib turing.

Tovushni tiklash uchun yana shu tugmani 3 soniya bosib turing.

Hatto mashinani qayta ishga tushirgandan so‘ng ham, belgilagan sozlama o‘z kuchida qoladi.

O‘zbekcha  41

Ishlatish amallari

WW90M64LOPA_DC68-03863J-00_UZ.indd 41

2018/1/30 14:07:58

Page 177
Image 177
Samsung WW90M64LOPA/LP, WW90M64LOPO/LP manual Sozlanmalar, Bolalardan himoya qulfini bekor qilish, Tovush yoq./och