Tizimga kirish

Avvalo Samsung akkaunt bilan Samsung Connect tizimiga kirishingiz kerak. Yangi Samsung akkaunt yaratish uchun ilovadagi yo‘riqlarni bajaring. Akkaunt yaratishingiz uchun alohida ilova shart emas.

IZOH

Agar allaqachon Samsung akkauntingiz bo‘lsa, shu akkaunt bilan tizimga kiring. Ro‘yxatga olingan Samsung smartfoni foydalanuvchisi avtomatik ravishda tizimga kiradi.

Qurilmangizni Samsung Connect’ga ro‘yxatdan o‘tkazish

1.Smartfoningiz simsiz tarmoqqa ulanganligiga ishonch hosil qiling. Agar ulanmagan bo‘lsa, smartfoningizda Settings (Sozlamalar) ga kiring va simsiz ulanishni yoqing va AP (ulanish nuqtasi) ni tanlang.

2.Smartfoningizda Samsung Connect ni ishga tushirish uchun uni tanlang.

3.“A new device is found.” (“Yangi qurilma topildi.”) xabari topilganda, Add (Qo‘shish) ni tanlang.

4.Agar xabar chiqmasa, + ni tanlang va mavjud qurilmalar ro‘yxatidan kir yuvish mashinasini tanlang. Agar kir

yuvish mashinasi ro‘yxatda bo‘lmasa, Device Type (Qurilma turi) > Specific Device Model (Ma’lum qurilma modeli) ni tanlang va so‘ng, kir yuvish mashinasini qo‘lda qo‘shing.

5.Kir yuvish mashinasini Samsung Connect ilovasiga quyidagicha ro‘yxatdan o‘tkazing.

a.Samsung akkaunt bilan Samsung Connect tizimiga kiring.

b.Wi-Fi ulanishni yoqing.

c.Kir yuvish mashinasini Samsung Connect’ga qo‘shing. Kir yuvish mashinasi Samsung Connect’ga ulanganligiga ishonch hosil qiling.

d.Ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlanganda, kir yuvish mashinasi smartfoningizda paydo bo‘ladi.

Kir yuvish mashinasi ilovasi

Integratsiyalashgan boshqarish: Uyda ham, yo‘lda ham kir yuvish mashinangizni nazorat qilish va boshqarishingiz mumkin.

Samsung Connect’dan kir yuvish mashinasi ikonachasini talang. Kir yuvish mashinasi sahifasi ko‘rinadi.

Kir yuvish mashinasi ish holatini yoki mashinaga oid bildirishnomalarni ko‘ring va zarur bo‘lsa, opsiyalar yoki sozlamalarni o‘zgartiring.

Ishlatish amallari

O‘zbekcha  43

WW90M64LOPA_DC68-03863J-00_UZ.indd 43

2018/1/30 14:07:58

Page 179
Image 179
Samsung WW90M64LOPA/LP Tizimga kirish, Qurilmangizni Samsung Connect’ga ro‘yxatdan o‘tkazish, Kir yuvish mashinasi ilovasi