Ishga tushirishdan avval

Ishga tushirishdan avval

6-QADAM - To’g’ri kir yuvish vositasi turidan foydalanish

Kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik matolar, jun), rang, yuvish harorati va kirlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Faqat avtomat kir yuvish mashinalari uchun mo‘ljallangan kir yuvish vositalaridan foydalaning.

IZOH

Yuviladigan kirlarning og'irligi, kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik darajasiga asoslangan holda kir yuvish vositasi ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling. Suv qattiqligi darajasini aniq bilmasangiz, mahalliy suv ta'minoti organiga murojaat qiling.

Qattiqlashishga moyil bo'lgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday kir yuvish vositalari barabanning suv chiqarish tirqishlarini berkitgan holda chayish siklidan keyin qolishi mumkin.

Agar sikl davomida juda ko‘p ko‘pik hosil bo‘lsa, indikatorda "Sud" yozuvli xabar ko‘rinadi.

DIQQAT

ШЕРСТЬ (JUN) siklida junli narsalarni yuvganda, junli matolar uchun mo‘ljallangan yuvish vositasidan foydalaning. ШЕРСТЬ (JUN) siklidan foydalanilganda, kukunli kir yuvish vositasi kirda qolishi va kirning rangini o‘chirishi mumkin.

28  O‘zbekcha

WW90M64LOPA_DC68-03863J-00_UZ.indd 28

2018/1/30 14:07:54

Page 164
Image 164
Samsung WW90M64LOPO/LP, WW90M64LOPA/LP manual Qadam To’g’ri kir yuvish vositasi turidan foydalanish