Sikl tanlagich yordamida kiyimlarni yuvish
Ushbu kir yuvish mashinasi Samsung kompaniyasining "Zukko boshqaruv" avtomatik boshqaruv tizimidan foydalangan holda kir yuvishni osonlashtiradi. Siz yuvish dasturini tanlaganingizda kir yuvish mashinasi to'g'ri harorat, yuvish vaqti va yuvish tezliklarni o'rnatadi.
1.Rakovinaning suv kranini oching.
2.Quvvat tugmasini bosing.
3.Eshikni oching.
4.Kiyimlarni barabanga bittalab (zichlamasdan) soling, to'ldirib yubormang.
5.Eshikchani yoping.
6.Kir yuvish vositasi, yumshatkich, dastlabki yuvish vositasini (zarur bo'lsa) tegishli bo'lmalariga soling.
Dastlabki yuvish funksiyasidan faqat ХЛОПОК (PAXTA), СИНТЕТИКА (SINTETIKA), ДЕТСКИЕ ВЕЩИ (GO‘DAK KIYIMLARI) va УДАЛЕНИЕ ПЯТЕН (KUCHLI YUVISH) sikllari tanlanganida foydalanish mumkin. Faqat kiyimlaringiz juda kirlangan bo'lsagina undan foydalanish kerak bo'ladi.
7.Material turiga ko'ra mos siklni tanlash uchun Sikl tanlovchisi dan foydalaning: ХЛОПОК (PAXTA),
СИНТЕТИКА (SINTETIKA), ШЕРСТЬ (JUN), ДЕТСКИЕ ВЕЩИ (GO‘DAK KIYIMLARI), УДАЛЕНИЕ ПЯТЕН (KUCHLI YUVISH), БЫСТРАЯ 29’ (TEZKOR 29’). Boshqaruv panelida tegishli indikatorlar yonadi.
8.Bu vaqtda siz tegishli opsiyalar tugmasini bosgan holda yuvish harorati, chayishlar soni, siqish tezligi va kechiktirish vaqtini boshqarishingiz mumkin.
9.Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing, shunda yuvish boshlanadi. Rivoj indikatori yonadi va ekranda siklning qolgan vaqti ko'rsatiladi.
Pauza opsiyasi
Kir yuvish boshlangandan keyingi 5 daqiqa ichida yuvilishi kerak bo'lgan kirlarni olish/qo'shish mumkin.
1.Eshik qulfini ochish uchun Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.
Suv QAYNOQ bo'lsa yoki O'TA KO'P bo'lsa, eshikni ochib bo'lmaydi.
2.Eshikni yopgandan keyin kir yuvishni qaytadan boshlash uchun Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.
Sikl tugallangach:
To'liq sikl nihoyasiga yetgach, mashina avtomatik ravishda o'chadi.
1.Eshikni oching.
2.Kirlarni oling.
02 KIR UYUMINI YUVISH
O‘zbek - 23
Aegis |