Yuklanish hajmini aniqlash
Kir yuvish mashinasiga ortiqcha yuklanish bermang, aks holda kirlaringiz yaxshi yuvilmay qolishi mumkin. Yuviladigan kir turiga ko'ra yuklanish hajmini aniqlash uchun quyidagi jadvaldan foydalaning.
Mato turi | Yuklanish hajmi |
|
|
ХЛОПОК (PAXTA) | 6,0 kg |
- o‘rtacha/yengil kirlangan | |
- o‘ta kirlangan |
|
|
|
СИНТЕТИКА (SINTETIKA) | 2,5 kg |
|
|
ШЕРСТЬ (JUN) | 2,0 kg |
|
|
• Kirlar notekis tarqalgan bo‘lsa (displeyda "UE" yonadi), qaytadan taqsimlab chiqing. Agar kirlar bir tekis taqsimlanmasa, siqish samaradorligi pasayishi mumkin.
•Choyshab yoki parli adyollarni yuvishda yuvish vaqti ortishi yoki siqish samaradorligi pasayishi mumkin.
•Choyshab yoki parli adyollar uchun tavsiya etilgan yuklanish 1,8(kg) yoki kamroqni tashkil etadi.
Ko'krakpechlarni (suvda yuviladigan) to'r qoplarga (alohida sotib olinadi) joylanganligiga ishonch hosil qiling.
•Ko'krakpechlarning metalldan yasalgan qismlari matolarni teshib o'tishi va shikastlashi mumkin. Shuning uchun ham ularni nozik materialdan qilingan kir yuvish to'r qopchalariga joylash kerak.
• Paypoq, qo'lqop, chulki paypoqlari va ro'molchalar singari kichkina va yengil kiyimlar eshikka tiqilib qolishi mumkin. Ularni nozik materialdan qilingan kir yuvish to'r qopchalariga joylashtiring.
Kir yuvish to'r qopchasini boshqa kirlarga qo'shmagan holda alohida yuvmang.
DIQQAT Bu kir yuvish mashinasini siljitib yuborishi va shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo'lgan kuchli tebranishlarni hosil qilishi mumkin.
KIR YUVISH VOSITASI VA QO'SHIMCHALAR TO'G'RISIDA MA'LUMOT
Qanday vosita ishlatiladi
Siz foydalanishingiz kerak bo'lgan kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik matolar, jun), rang, yuvish harorati va kirlanish darajasiga asoslangan holda aniqlanadi. Doimo avtomat kir yuvish mashinalari uchun mo'ljallangan "kam ko'piklovchi" kir yuvish vositasidan foydalaning.
Yuviladigan kirlarning og'irligi, kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik darajasiga asoslangan holda, kir yuvish vositasi ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling. Agar siz hududingizdagi suvning qattiqlik darajasini bilmasangiz, mahalliy suv ta'minoti idorasidan so'rang.
Qattiqlashgan yoki qotib qolgan kir yuvish vositasidan foydalanmang, chunki kir yuvish vositasi chayish rejimida qolib ketishi mumkin. U kir yuvish mashinasini tegishlicha chaymasligiga yoki to'silib qolish natijasida suvning tashib ketishiga olib kelishi mumkin.
Jun rejimida quyidagilarga e'tibor bering.
•Junga mo'ljallangan neytral suyuq vositadangina foydalaning.
•Kukunsimon vosita ishlatilsa, u kiyimlarda qolib ketishi va mato (jun) ga zarar yetkazishi mumkin.
02 KIR UYUMINI YUVISH
O‘zbek - 25
Aegis |