Agar kir yuvish mashinangizda ushbu buyumlarni yuvish uchun maxsus dastur mavjud bo'lmasa, suv o'tkazmaydigan o'tirg'ichlar, bo'yralar yoki kiyimlarni (*) yuvmang, siqmang yoki quritmang.
-Hattoki yorlig'ida kir yuvish mashinasi belgisi ko'rsatilgan bo'lsa ham, qalin yoki qattiq to'shamalarni yuvmang.
-Bu ortiqcha tebranishlar tufayli shikastlanishga yoki kir yuvish mashinasi, devorlar, pol yoki kiyimlarga zarar yetkazishga olib kelishi mumkin.
*Jundan qilingan choyshablar, yomg'irga qarshi nakidkalar, baliqchilarning jiletlari, chang'ichilarning shimlari, uxlash uchun yostiqchalar, yo'rgak qoplamalari, bolalar tagliklari hamda velosipedlar, mototsikllar va mashinalarni yopishga mo`ljallangan tentlar va hokazo.
Kir yuvish vositasi qutisi o'z joyiga qo'yilmagan holda kir yuvish mashinasini ishga tushirmang. - Bu suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan bakning ichiga tegmang, chunki u issiq bo'ladi. - Bu kuyib qolishga sabab bo'lishi mumkin.
Kir yuvish vositasi qutisini ochgandan so'ng unga qo'lingizni tiqmang.
-Kir yuvish vositasini ichkariga oluvchi qurilma qo'lingizni tutib qolishi oqibatida jarohatlanishingiz mumkin. Kir yuvish mashinasi ichiga yuvilishi kerak bo'lgan narsalardan boshqa narsalarni (oyoq kiyimlari, ovqat qoldiqlari, hayvonlar kabi) solmang.
-Kuchli tebranishlar tufayli bu kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga yoki uy hayvonlarining jarohatlanishi va o'limiga olib kelishi mumkin.
Sochto'g'nag'ich, pichoq, tirnoq kabi o'tkir narsalar bilan tugmalarni bosmang. - Bu tok urishi yoki jarohat olishga sabab bo‘lishi mumkin.
Odatda terini parvarish qilish vositalari do'konlari yoki massaj klinikalarida sotiladigan moylar, kremlar yoki los'onlar bilan ifloslangan kiyimlarni yuvmang.
- Buning oqibatida rezina qistirmaning shakli buzilib, suv oqib chiqishi mumkin.
Nina to'g'nag'ichlar, soch to'g'nag'ichlari yoki oqartirgich kabi buyumlarni bakda uzoq vaqt qoldirmang.
-Bu bakning zanglashiga olib kelishi mumkin.
-Agar bak sirtida zanglagan joylar paydo bo'la boshlasa, uning sirtiga (neytral) tozalash vositasini seping va uni ketkazish uchun gubkadan foydalaning. Hech qachon metall chyotkadan foydalanmang.
Quruq kimyoviy tozalash vositalaridan
-Bu moyning oksidlanishidan hosil bo'luvchi yuqori harorat tufayli
Suvni sovitish/isitish qurilmalaridan olingan qaynoq suvdan foydalanmang. - Bu kir yuvish mashinasi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi uchun tabiiy qo'l yuvish sovunidan foydalanmang.
-Agar u kir yuvish mashinasining ichida qotib qolsa yoki to'plansa, bu kir yuvish mashinasining nosozligi, ranglarning o'chishi, zanglar yoki noxush hidlarning paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Choyshab singari yirik buyumlarni kir yuvish to'riga joylashtirgan holda yuvmang.
-Paypoq va ko'krakpechlarni yuvish to'riga joylashtiring va ularni boshqa yuviladigan kirlar bilan birgalikda yuving.
-Bu talabga amal qilmaslik kuchli tebranishlar tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Qotib qolgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang.
- Agar ular kir yuvish mashinasi ichida to'planib qolsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
Tag qismida sovitish tirqishlari bo'lgan kir yuvish mashinalarini o'rnatganda tirqishlarning gilam yoki boshqa buyumlar bilan to'silib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
O‘zbek - 9
Aegis |