xavfsizlik to'g'risida ma'lumotlar
Ushbu qurilmani gaz sizib chiqishi mumkin bo'lgan joylarda o'rnatmang. - Bu tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Elektr transformatoridan foydalanmang.
- Bu tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Tarmoq rozetkasiga ulanmagan shikastlangan vilka yoki elektr manbaiga ulash kabelidan foydalanmang. - Bu tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Elektr manbaiga ulash shnurini qattiq tortmang yoki ortiq darajada bukmang. Elektr manbaiga ulash shnurini o'ramang yoki bog'lamang.
Elektr manbaiga ulash shnurini metall buyumlarga osmang, elektr manbaiga ulash shnuri ustiga og'ir buyumlarni qo'ymang, elektr manbaiga ulash shnurini buyumlar orasiga joylashtirmang yoki elektr manbaiga ulash shnurini mashinaning orqa devorida joylashgan maydonga kiritmang.
- Bu tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Vilkani rozetkadan sug'urishda shnuridan tortmang.
-Vilkadan ushlagan holda, vilkani rozetkadan sug'urib oling.
-Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Quvvat shnuri yoki quvurlarni ustiga yiqilish ehtimoli bor joylarga yotqizmang.
Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog'iga ulash shnuri, vodoprovod krani va suv chiqarish quvuridan foydalanish mumkin bo'lgan tarzda o'rnatilishi kerak.
DIQQAT O'RNATISHDAGI EHTIYOT BELGILARI
Bu jihoz rozetkadan osongina foydalanish mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.
-Ushbu talabga amal qilmaslik elektr tokining chiqib ketishi tufayli tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Ushbu qurilmani uning og'irligini ko'tara oladigan qattiq, tekis polga o'rnating.
-Ushbu talabga amal qilmaslik anomal tebranishlar, mashinaning polda siljib ketishi, shovqin chiqishi yoki mahsulot nosozliklariga olib kelishi mumkin.
OGOHLANTIRISH ISHLATISHDAGI JIDDIY OGOHLANTIRISH BELGILARI
Agar mashina suv bilan to'lib qolsa, darhol suv va elektr ta'minotini o'chiring va yaqinroqda joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
-Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho'l qo'llaringiz bilan tegmang
-Ushbu talabga amal qilmaslik tok urishiga olib kelishi mumkin
Agar qurilma g'alati shovqin, kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol elektr shnuri vilkasini rozetkadan chiqaring va yaqinroqda joylashgan xizmat ko'rsatish markazi bilan bog'laning.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Gaz (propan, siqilgan gaz va boshqalar kabi) chiqish holatlari yuz berganda, darhol xonani shamollating va elektr manbaiga ulash kabeliga tegmang. Ushbu mashina yoki elektr manbaiga ulash shnuriga tegmang.
-Ventilyatordan foydalanmang.
-Uchqun chiqishi portlash yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Bolalarning mashina ustida yoki ichida o'ynashlariga yo'l qo'ymang. Bundan tashqari, mashinani chiqitga chiqarishda kir yuvish mashinasi eshigining dastasini olib tashlang.
- Mashina ichiga kirsa, bola qamalib qolishi va bo'g'ilib o'lishi mumkin.
Kir yuvish mashinasidan foydalanishni boshlashdan avval uning asosiga biriktirilgan qadoqlar (gubka, penoplast) olib tashlanganligiga ishonch hosil qiling.
O‘zbek - 6
Aegis |