xavfsizlik to'g'risida ma'lumotlar
Yuvilishi kerak bo'lgan barcha kiyimlarning cho'ntaklari bo'sh ekanligiga ishonch hosil qiling.
-Tangalar, to'g'nag'ichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, o'tkir buyumlar kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Katta to'qalari, tugmalari yoki boshqa og'ir metall buyumlari mavjud bo'lgan kiyimlarni yuvmang.
OGOHLANTIRISH TOZALASHDAGI JIDDIY OGOHLANTIRISH BELGILARI
Kir yuvish mashinasini unga suv sepish yo'li bilan tozalamang. Kuchli kislotaviy tozalash vositalaridan foydalanmang.
Kir yuvish mashinasini tozalash uchun benzin, erituvchilar yoki spirtdan foydalanmang.
- Bu ranglarning o'chishi, shakli buzilishi, shikastlanish, tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini tozalash yoki unga texnik xizmat ko'rsatishdan avval, uni devordagi rozetkadan ajrating.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
WEEE BELGISIGA OID KO'RSATMA
Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish (Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.
O‘zbek - 10
Aegis |