Oqava
Samsung 18 in (46 sm) balandlikdagi vertikal quvurni tavsiya etadi. Oqava shlangi qisqich orqali vertika quvur tomonga yo'naltirilishi kerak. Suv chiqarish trubasi suv quyish shlangining tashqi diametriga mos kelishi uchun yetarli darajadagi katta diametrga ega bo'lishi kerak. Suv quyish shlangi zavodda biriktiriladi.
Pol qoplamasi
Kir yuvish mashinasi samarali ishlashi uchun u yaxlit polga o'rnatilishi kerak. Tebranishlarni va/yoki muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish uchun yog'och pollarni mustahkamlash talab qilinishi mumkin. Gilam qoplamalar va kafelli pollar tebranishlarning vujudga kelishiga ko'maklashadi, bunda siqish rejimida kir yuvish mashinasining ozgina siljishga moyilligi kuzatiladi.
Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki noturg'un sirtlarga o'rnatmang.
Atrof-muhit harorati
Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang, chunki suv mashinasining klapanlari, nasoslari va/yoki shlanglarida doimo ma'lum miqdorda suv qoladi. Quvurlardagi muzlagan suv tasmalar, nasos va boshqa qismlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Tokcha yoki shkafga o'rnatish
Kir yuvish mashinasi xavfsiz tarzda va to'g'ri ishlashi uchun uni o'rnatishda quyidagi minimal oraliqlar qoldirish kerak:
Yon tomonlarda – 25 mm | Orqada – 51 mm |
Tepada – 25 mm | Oldida – 465 mm |
Agar kir yuvish mashinasi va quritgich birga o'rnatilsa, tokcha yoki bo'lmaning old tomonida kamida 465 mm bo'lgan, to'siqsiz havo kirish tirqishiga ega bo'lishi kerak. Kir yuvish mashinasining o'zi uchun hech qanday maxsus havo kirish tirqishi talab qilinmaydi.
KIR YUVISH MASHINASINI O'RNATISH
1-BOSQICH
Joylashuvni tanlash
Kir yuvish mashinasini o'rnatishdan avval o'rnatiladigan joyning quyidagi talablarga javob berishiga ishonch hosil qiling:
•Gilam yoki havo almashishiga to'sqinlik qilishi mumkin qoplamaga ega bo'lmagan qattiq, tekis sirtning mavjudligi
•
•Yetarli darajadagi havo almashishiga egaligi
•Muzlamasligi (32 ˚F yoki 0 ˚C dan past)
•Moyli yoki gaz isitgichlar kabi issiqlik manbalaridan uzoqda joylashganligi
•Elektr manbaiga ulash kabeli kir yuvish mashinasining tagidan o'tmasligi uchun yetarli darajadagi joyning mavjudligi
O‘zbek - 13
01 SOZLASH
Aegis |