Zararli dastur va viruslar

Qurilmangizni zararli dastur va viruslardan himoya qilish uchun quyidagi maslahatlarga rioya qiling. Ularga amal qilmaslik kafolat tomonidan qoplanmaydigan ma’lumotlarning yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin

Noma’lum ilovalarni yuklab olmang.Ishonchli bo‘lmagan veb-saytlarga kirmang.

Shubhali xabarlarni yoki noma’lum yuboruvchilardan kelgan xabarlarni o‘chiring.

Parol o‘rnating va uni tez-tez o‘zgartirib turing.Bluetooth kabi simsiz funksiyalar ishlatilmayotganda, ularni o‘chiring.

Agar qurilmada qandaydir muammolarni sezsangiz, zararlanish mavjudligini tekshirish uchun antivirus dasturini ishga tushiring.

Yangi yuklab olingan ilova va fayllarni ishga tushirishdan oldin antivirus dasturini ishga tushiring.

Kompyuteringizga antivirus dasturlarini o‘rnating va zararlanishni tekshirish uchun ularni ishga tushiring.

Registr parametrlarini tahrirlamang yoki qurilmaning operatsion tizimini o‘zgartirmang.

Ushbu mahsulotni utilizatsiya qilish qoidalari(Elektr & Elektron moslamalar chiqindilari)(Ajratilgan holda yig‘ish tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun mo‘ljallangan)

Mahsulot, aksessuar yoki qo‘llanmadagi ushbu belgi shuni anglatadiki, bu mahsulot va uning aksessuarlari (misol uchun quloqlik, USB-kabeli va boshq.) maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yuborilmasligi lozim.

Chiqindilarning noto‘g‘ri utilizatsiyasi natijasida atrof-muhit va insonlarga zarar yetishining oldini olish hamda ularni tegishli tartibda qayta ishlash va resurslardan unumli foydalanish maqsadida takroran foydalanish uchun iltimos, bu turdagi chiqindilarni oddiy maishiy chiqindilardan ajrating.

Maishiy foydalanuvchilar bunday predmetlarni ekologik xavfsiz utilizatsiya qilishlari mumkin bo‘lgan joy va usullar haqidagi ma’lumotlarni, ushbu mahsulotni sotib olgan sotuvchidan yoki mahalliy hokimiyat organidan olishlari mumkin.

Yuridik tashkilotlar mahsulot ta’minotchilari bilan bog‘lanishlari va xarid qilish shartnomasidagi muddat va shartlarini tekshirishlari lozim. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlari boshqa maishiy yoki tijorat chiqindilari bilan aralashtirilmasligi lozim.

O'zbek

542