Xavfsizlik ma’lumoti

Qurilmani ishlatishdan oldin ushbu muhim xavfsizlik ma’lumotlarini o‘qib chiqing. U qurilmalar uchun umumiy xavfsizlik ma’lumotlariga va Sizning qurilmangizga tegishli bo‘lmagan tarkibga ega bo‘lishi mumkin. O‘zingiz va boshqalarga yoki qurilmangizga zarar yetkazmaslik uchun ogohlantirish ko‘rsatmalariga rioya qiling.

“Qurilma”termini mahsulot va uning batareyasi, zaryadlash qurilmasi, mahsulot bilan birga taqdim etilgan elementlar va mahsulot bilan ishlatiladigan barcha Samsung tomonidan tasdiqlangan aksessuarlarni bildiradi.

Ogohlantirish

Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal qilmaslik jiddiy shikastlanishga yoki o‘limga olib kelishi mumkin

Zararlangan elektr kabellari va vilkalaridan yoki bo‘shab qolgan elektr manbai uyasidan foydalanmang

Himoyalanmagan ulanishlar elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qurilma, quvvat kabellari, vilkalari yoki elektr rozetkalarga ho‘l qo‘l yoki boshqa ho‘l tana a’zolari bilan teginmang

Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kabelni chiqarib olayotganda vilkani qattiq tortmang

Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Elektr kabelini egmang yoki zararlamang

Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

O'zbek