Faqatgina malakali mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat bering

Malakasiz mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat berish qurilmangiz buzilishiga olib kelishi mumkin hamda bu ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat bilan qoplanmaydi.

SIM-kartalar, xotira kartalari yoki kabellarni ehtiyotkorlik bilan ushlang

Qurilmaga SIM-karta kiritayotganda yoki kabel ulanayotganda, SIM-karta to‘g‘ri kiritilganligiga va kabel to‘g‘ri tomonga ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Qurilma ma’lumot uzatayotgan yoki unga kirayotgan vaqtda kartani chiqarib olmang, chunki bu ma’lumot yo‘qotilishiga va/yoki karta yoki qurilmaga zarar yetishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kartalarni tok urishidan, statik elektr quvvati yoki boshqa qurilmalardan keluvchi elektr tovushlardan himoyalang.

Yaltiroq o‘tkazgichlarga yoki terminallarga barmog‘ingiz yoki metal predmetlar bilan tegmang. Agar tozalamoqchi bo‘lsangiz, kartani yumshoq sochiq bilan arting.

Kartani yoki kabelni majburlab yoki noto‘g‘ri kiritish yoki ulash ko‘p funksiyali uyaga yoki qurilmaning boshqa qismlarini zararlashi mumkin.

Favqulodda xizmatlarga kirish imkoniyatiga ega ekanligingizga ishonch hosil qiling

Ba’zi hududlarda va sharoitlarda qurilmangiz orqali favqulodda qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lmasligi mumkin. Rivojlanmagan yoki uzoq joylarga sayohat qilishdan avval, favqulodda xizmatlarga bog‘lanishning muqobil usullarini rejalashtiring.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang va maxfiy ma’lumotlarning e’lon qilinishi yoki boshqa maqsadlarda ishlatishini oldini oling

Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni esdan chiqarmang. Samsung ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar emas.

Qurilmangizni tashlayotgan vaqtda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang va undan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda ishlatilmasligi uchun qurilmangizni ishlab chiqaruvchi parametrlariga

qaytaring.O'zbek