Takroriy harakatlar natijasida yuzaga keluvchi shikastlanishlar ehtimolini kamaytiring

Tugmalarni bosish, belgilar chizish, sensorli ekranga barmog‘ingizni tekkizish yoki o‘yinlar o‘ynash kabi harakatlarni takroriy ravishda amalga oshirish oqibatida qo‘lingizda, bo‘yin va yelkalaringizda yoki tanangizning boshqa qismlarida noqulayliklarni his qilishingiz mumkin. Qurilmangizni uzoq muddat davomida ishlatganingizda, uni erkin holatda ushlang, tugmalarni ohista bosing va tez-tez tanaffus qilib turing. Bunday foydalanish mobaynida yoki undan keyin ham noqulayliklarni his qilsangiz, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.

Quloqlikdan foydalanayotganda, quloqlaringizni va eshitish qobiliyatingizni himoya qiling

Juda baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga zarar yetkazishi mumkin.

• Piyoda yurish vaqtida baland ovozda musiqa tinglash, diqqatingizni olishi va yo‘l transport hodisasiga sabab bo‘lishi mumkin.

Quloqlikni audio qurilmaga ulashdan oldin har doim ovozni pasaytiring hamda suhbat yoki musiqa tinglayotganda o‘zingizga kerakli bo‘lgan minimal ovoz balandligidan foydalaning.

Quruq joylarda, quloqlikda statik elektr quvvati yig‘ilishi mumkin. Quloqlikni quruq joylarda foydalanmang yoki statik elektr quvvatini yo‘q qilish uchun quloqlikni qurilmaga ulashdan oldin metal obyektni ushlang.

Transportni boshqarayotganda quloqlikdan foydalanmang. Bunday qilish Sizning fikringizni chalg‘itadi va yo‘l transport hodisasida sabab bo‘lishi va hududingiz qonunlariga ko‘ra qonunbuzarlik sifatida belgilanishi mumkin.

Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning

O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim atrofdagi voqea va insonlarga diqqatli bo‘ling.

Quloqlik kabeli qo‘lingizda yoki yaqin-atrofdagi predmetlarga o‘ralib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

O'zbek