Ilovalarni yuklab olayotganda, ruxsatnomalar oynasini diqqat bilan o‘qing. Ko‘pgina funksiyalarga kirish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizning ko‘p qismidan foydalanish imkoniga ega ilovalar bilan ishlayotganda juda ehtiyot bo‘ling.

Hisob qaydnomangizni tasdiqlanmagan yoki shubhali foydalanishlardan himoyalash uchun tez-tez tekshirib turing. Agar shaxsiy ma’lumotlaringizdan noqonuniy maqsadlarda foydalanish belgilarini aniqlasangiz, hisob qaydnomadagi ma’lumotlaringizni o‘zgartirish yoki o‘chirish uchun xizmat ta’minotchingizga murojaat qiling.

Qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun hisob qaydnomangiz parolini o‘zgartiring.

Noma’lum manbalardan kelgan ilovalarni ishlatmang va qurilmangizni namuna chizish, parol yoki PIN-kod yordamida bloklang.

Mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan materiallarni tarqatmang

Tarkib egasining ruxsatisiz mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan materiallarni tarqatmang. Bunday qilish mualliflik huquqiga oid qonunlar buzilishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi foydalanuvchining mualliflik huquqi bilan himoyalangan materialdan noqonuniy foydalanishi oqibatida yuzaga kelgan qonun buzilishlariga javobgar emas.

Zararli dastur va viruslar

Qurilmangizni zararli dastur va viruslardan himoya qilish uchun quyidagi maslahatlarga rioya qiling. Ularga amal qilmaslik kafolat tomonidan qoplanmaydigan ma’lumotlarning yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin

Noma’lum ilovalarni yuklab olmang.

Ishonchli bo‘lmagan veb-saytlarga kirmang.

Shubhali xabarlarni yoki noma’lum yuboruvchilardan kelgan xabarlarni o‘chiring.

Parol o‘rnating va uni tez-tez o‘zgartirib turing.

Bluetooth kabi simsiz funksiyalar ishlatilmayotganda, ularni o‘chiring.

O'zbek