Aql bilan tering va transportlar qatnovini to‘g‘ri baholang. To‘xtab turgan vaqtda yoki transportlar qatnoviga qo‘shilmay turib raqamni tering. Qo‘ng‘iroqlarni transport vositangiz harakatsiz holatiga mos keladigan vaqtga rejalashtiring.

Diqqatni chalg‘ituvchi yoki stressga olib keluvchi suhbatlarga e’tibor bermang. Telefonda gaplashayotgan shaxsga Siz transport vositasini boshqarayotganingizni bildiring hamda diqqatingizni chalg‘ituvchi suhbatlarni darhol to‘xtating.

Mobil qurilmangizdan to‘g‘ri foydalaning

Qurilmangizni quruq holda saqlang

Namlik yoki suyuqliklar qurilmangiz qismlariga zarar yetkazishi yoki unda qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Qurilmangiz nam bo‘lganda, undan foydalanmang. Agar qurilmangiz yoqilgan bo'lsa, uni o‘chiring va batareyani darhol chiqarib oling (agar qurilma o‘chmasa yoki batareyani chiqara olmasangiz, uni shunday holatda qoldiring). Undan so‘ng, qurilmani sochiq bilan quriting va xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring.

Suyuqliklar qurilmaning ichki qismidagi etiketkalar rangini

o‘zgartiradi. Qurilmangizning suv bilan zararlanishi ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin.

Qurilmangizni tekis yuzali joylarga qo‘ying

Agar qurilmangiz tushib ketsa, unga zarar yetishi mumkin.

Qurilmangizni juda sovuq yoki juda issiq joylarga qo‘ymang. Qurilmangizdan 5 °C dan 35 °C gacha bo‘lgan haroratda foydalanish tavsiya etiladi

Qurilmangizni yoz vaqtidagi avtomobilning ichi kabi issiq joylarda qoldirmang. Bunday qilish ekranni buzishi, qurilmaga zarar yetkazishi yoki batareyaning portlashiga olib kelishi mumkin.

Qurilmangizni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joylarda uzoq vaqtga qoldirmang (misol uchun avtomobil torpedasida).

O'zbek