Qurilmani faqat belgilangan tegishli maqsadda ishlating

Qurilmangizga zarar yetishi mumkin.

Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga halaqit bermang

Faqatgina malakali mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat bering

Malakasiz mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat berish qurilmangiz buzilishiga olib kelishi mumkin hamda bu ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat bilan qoplanmaydi.

Kabellarni ehtiyotkorlik bilan ushlang

Qurilmangizga kabel ulanayotganda, kabel to‘g‘ri tomonga ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Kabelni majburlab yoki noto‘g‘ri kiritish yoki ulash ko‘p funksiyali uyaga yoki qurilmaning boshqa qismlarini zararlashi mumkin.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang va maxfiy ma’lumotlarning e’lon qilinishi yoki boshqa maqsadlarda ishlatishini oldini oling

Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni esdan chiqarmang. Samsung ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar emas.

Qurilmangizni tashlayotgan vaqtda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang va undan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda ishlatilmasligi uchun qurilmangizni ishlab chiqaruvchi parametrlariga qaytaring.

Ilovalarni yuklab olayotganda, ruxsatnomalar oynasini diqqat bilan

o‘qing. Ko‘pgina funksiyalarga kirish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizning ko‘p qismidan foydalanish imkoniga ega ilovalar bilan ishlayotganda juda ehtiyot bo‘ling.

Hisob qaydnomangizni tasdiqlanmagan yoki shubhali foydalanishlardan himoyalash uchun tez-tez tekshirib turing. Agar shaxsiy ma’lumotlaringizdan noqonuniy maqsadlarda foydalanish belgilarini aniqlasangiz, hisob qaydnomadagi ma’lumotlaringizni o‘zgartirish yoki o‘chirish uchun xizmat ta’minotchingizga murojaat qiling.

O'zbek