Ushbu ogohlantiruvchi belgilar Sizni va boshqalarning shikastlanishlarini oldini olish uchun bu yerda keltirilgan. Iltimos, ularga qat’iy amal qiling.

Ushbu qo’llanmani o’qib chiqqandan keyin sizga keyinchalik kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni qidirish uchun uni ishonchli joyda saqlang.

Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko’rsatmalarni o’qib chiqing.

Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy xatarlar mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing va undan foydalanganda xavfsizlik choralariga amal qiling.

Texnika xavfsizligi bo’yicha muhim choralar

OGOHLANTIRISH

Yong'in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:

Bolalarga (yoki uy hayvonlariga) kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida o’ynashiga yo’l qo’ymang. Kir yuvish mashinasi eshigini ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar mashina ichida tiqilib qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari mumkin.

Agar bolalar nazorat ostida bo’lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to’g’risida avvaldan ko’rsatmalar berilmagan bo’lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.

Ularning mashina bilan o’ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun bolalarni kuzatib turing.

Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

O’zbekcha  5

WD80J7260GW_03509B-03-UZ.indd 5

2017/3/7 15:30:10

Page 185
Image 185
Samsung WD80J7250GW/LP, WD80J7250GX/LP manual Texnika xavfsizligi bo’yicha muhim choralar, Ogohlantirish