O’rnatish

O’rnatish

Agar siz vint turidagi krandan foydalanayotgan bo'lsangiz, suv shlangini suv kraniga rasmda ko'rsatilgani kabi ulang.

OGOHLANTIRISH

Suv oqib chiqishi yuz bergan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanishni to'xtating va mahalliy Samsung xizmat ko'ratish markaziga murojaat qiling. Aks holda bu elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Suv ta'minoti shlangini kuch bilan tortmang. Agar shlang juda qisqa bo'lsa, shlangni uzunroq, yuqori bosimli shlang bilan almashtiring.

IZOH

Suv quyish shlangini adapterga ulaganingizdan keyin shlangni pastga tortgan holda uning to'g'ri ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Suv kranlarining keng tarqalgan turidan foydalaning. Kran to'rtburchak shaklga yoki haddan tashqari katta diametrga ega bo'lgan hollarda kranni adapterga birlashtirishdan avval oraliq halqani chiqarib oling.

Qo’shimcha issiq suv kirish tirqishiga ega bo’lgan modellar uchun:

1. Suv ta'minoti shlangining qizil rangli uchini kir yuvish mashinasining orqa panelidagi issiq suv kiritish klapaniga ulang.

2. Issiq suv ta'minoti shlangining boshqa uchini issiq suv kraniga ulang.

Akva shlangi (faqat qo’llaniladigan modellar)

Akva shlangi foydalanuvchilarni suv oqib chiqishi xatari to'g'risida ogohlantiradi. U suv oqishini sezadi va suv oqib chiqishi yuz bergan hollarda (A) indikatorining markazida qizil yonadi.

A

24  O’zbekcha

WD80J7260GW_03509B-03-UZ.indd 24

2017/3/7 15:30:12

Page 204
Image 204
Samsung WD80J7250GX/LP, WD80J7250GW/LP manual Akva shlangi faqat qo’llaniladigan modellar