3-QADAM - Sirpanishdan saqlovchi oyoq yostiqchalarini o'rnatish

1. Mashinaning balandlikni sozlovchi oyoqchalarini yaxshilab tozalab, undagi chang va moyni artib tashlang.

2. Mashina old oyoqchalarining sirpanishdan saqlovchi yostiqchalar o'rnatiladigan joylarni belgilab oling.

3. Mashinani qiya qilgan yoki surgan holda sirpanishdan saqlovchi yostiqchani o'rnating. Yostiqchani o'rnatganda, yostiqchadan plastmassa plyonkani olib tashlang va yostiqchaning yorliqli tomoni yerga qaragan holat o'rnating. Balandlikni sozlovchi oyoqchaga yostiqchaning yorliqli tomonini biriktirmang.

4. Mashina va sirpanishdan saqlovchi yostiqchani o'rnatib bo'lgach, balandlik sozlovchi oyoqchalarni tekisligini yana bir bor tekshiring.

4-QADAM - Oyoqchalar balandligini o’zgartirish

1. Kir yuvish mashinasini o'zingiz tanlagan joyga ehtiyotlik bilan olib boring. Ortiqcha kuch ishlatish balandlikni moslash oyoqchalarini shikastlashi mumkin.

2. Balandlikni sozlash oyoqchalarini qo'lda sozlash bilan kir yuvish mashinasini tekislang.

3. Tekislash tugallangach, gayka klyuchi bilan gaykalarni qotiring.

O’rnatish

O’zbekcha  21

WD80J7260GW_03509B-03-UZ.indd 21

 

 

2017/3/7 15:30:11