IZOH

Choyshablar yoki parli adyollarni yuvishda yuvish vaqti ortishi yoki siqish samaradorligi pasayishi mumkin. Choyshablar yoki yostiq jildlari uchun tavsiya qilingan eng yuqori siqish tezligi 800 ayl./daq. va yuklanish sig'imi 2,0 kg yoki undan kam.

DIQQAT

Kirlar bir tekis taqsimlanmagan hollarda “Ub” xatolik kodi namoyish qilinadi, kirlarni qayta taqsimlang. Bir tekis taqsimlanmagan kir barabanning aylanishini kamaytiradi.

6-QADAM - To’g’ri kir yuvish vositasi turidan foydalanish

Kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik matolar, jun), rang, yuvish harorati va kirlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Doimo avtomat kir yuvish mashinalari uchun mo’ljallangan “kam ko’piklovchi” kir yuvish vositasidan foydalaning.

IZOH

Yuviladigan kirlarning og'irligi, kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik darajasiga asoslangan holda kir yuvish vositasi ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling. Suv qattiqligi darajasini aniq bilmasangiz, mahalliy suv ta'minoti organiga murojaat qiling.

Qattiqlashishga moyil bo'lgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday kir yuvish vositalari barabanning suv chiqarish tirqishlarini berkitgan holda chayish siklidan keyin qolishi mumkin.

DIQQAT

Jun matolarni yuvish dasturi yordamida jun matolarni yuvganda, faqat neytral suyuq yuvish vositasidan foydalaning. Junli matolar dasturida foydalanilganda kukunli kir yuvish vositasi kirda qolishi va kirning rangini o'chirishi mumkin.

avval tushirishdan Ishga

O’zbekcha  29

WD80J7260GW_03509B-03-UZ.indd 29

 

 

2017/3/7 15:30:13