ma’lumotlar bo’yicha Xavfsizlik

Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

Yevropada foydalanish uchun: Agar ular nazorat ostida bo’lsalar yoki ularga ushbu mashinadan xavfsiz tarzda foydalanish to’g’risida ko’rsatmalar berilsa va ular bo’lishi mumkin bo’lgan xatarlarni anglab yetsalar, bu kir yuvish mashinasidan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu kir yuvish mashinasi bilan o’ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko’rsatish nazoratsiz tarzda bolalar tomonidan amalga oshirilmasligi kerak.

Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo’lsa, xatarlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko’rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.

Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog’iga ulash shnuri, vodoprovod krani va suv chiqarish trubasidan foydalanish mumkin bo’lgan tarzda o’rnatilishi kerak.

Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo’lgan qurilmalarda gilam ushbu tirqishlarni to’sib qo’ymasligi kerak.

Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to’plamidan foydalanilishi va eski shlanglar to’plamidan qayta foydalanilmasligi lozim.

DIQQAT

Issiqlik o’chirgichining tasodifiy qayta o’rnatilishi tufayli yetadigan zararlarning oldini olish uchun qurilma taymer singari tashqi o’chirib-yoqish qurimasi orqali elektr toki bilan ta’minlanmasligi yoki xizmat ko’rsatuvchilar tomonidan muntazam ravishda o’chirib-yoqiluvchi zanjirga ulanmasligi kerak.

Tozalashda sanoatda qo'llaniladigan kimyoviy moddalar qo'llanganda, quritish mashinasidan foydalanilmasin.

Zarar bo'lsa, qil va ipchalar filtrini tozalash lozim.

Quritish mashinasi bo'ylab qil va ipachapar to'planib qolishiga yo'l qo'ymaslik kerak. (binodan tashqariga chiqarib tashlovchi mashinalarga tegishli emas)

6  O’zbekcha

WD80J7260GW_03509B-03-UZ.indd 6

 

 

2017/3/7 15:30:10