Suvni chiqarish

Samsung kompaniyasi balandligi 60~90 sm bo'lgan vertikal trubadan foydalanishni tavsiya etadi. Suvni chiqarish shlangi qisqich bilan vertikal trubaga bog'langan bo'lishi kerak, vertikal truba esa suv chiqarish shlangini to'laligicha qoplashi shart.

Pol qoplamasi

Kir yuvish mashinasi eng yaxshi darajada ishlashi uchun u tekis va qattiq sirtga o'rnatilgan bo'lishi kerak. Tebranishlarni va/yoki muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish uchun yog'och pollarni mustahkamlash talab qilinishi mumkin. Gilam qoplamalar va kafelli pollar tebranishlarga yaxshi qarshilik ko'rsatmaydi va siqish rejimida kir yuvish mashinasining ozgina siljishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki noturg'un sirtlarga O'RNATMANG.

Suv harorati

Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang, chunki suv mashinasining klapanlari, nasoslari va/yoki shlanglarida doimo ma'lum miqdorda suv qoladi. Ulanish qismlarida qolgan muzlagan suv kamarlar, nasos va kir yuvish mashinasining boshqa qismlariga shikast yetkazishi mumkin.

Tokcha yoki shkafga o'rnatish

Barqaror ishlashi uchun minimal masofalar:

Yon tomonlar bo'yicha

25 mm

Orqadan

50 mm

 

 

 

 

Yuqoridan

25 mm

Old tomondan

550 mm

 

 

 

 

Agar kir yuvish mashinasi va quritgich bir joyga o'rnatilsa, tokcha yoki bo'lmaning old tomonida kamida 550 mm bo'lgan to'siqsiz havo kirish tirqishiga ega bo'lishi kerak. Kir yuvish mashinasining o'zi uchun hech qanday maxsus havo kirish tirqishi talab qilinmaydi.

O’zbek - 13

O'RNATISH

Untitled-23 13

6/13/2017 3:44:27 PM

Page 157
Image 157
Samsung WW12H8400EX/LP, WW12H8400EW/LP manual Suvni chiqarish, Pol qoplamasi, Suv harorati, Tokcha yoki shkafga ornatish