Qo'shimcha issiq suv kirish tirqishiga ega bo'lgan modellar uchun:

1. Suv ta'minoti shlangining qizil rangli uchini kir yuvish mashinasining orqa panelidagi issiq suv kiritish klapaniga ulang.

2. Issiq suv ta'minoti shlangining boshqa uchini issiq suv kraniga ulang.

Akva shlangi (faqat qo'llaniladigan modellar)

Akva shlangi foydalanuvchilarni suv oqib chiqishi xatari to'g'risida ogohlantiradi. U suv oqishini sezadi va suv oqib chiqishi yuz bergan hollarda (A) indikatorining markazida qizil yonadi.

A

5-QADAM - Suv chiqarish shlangini joylashtirish

 

Suv chiqarish shlangini uch xil usulda joylashtirish mumkin:

 

Rakovina yon devori orqali

 

Suv chiqarish shlangi poldan 60 smdan 90 smgacha (*) balandda joylashtirilishi kerak.

 

Suv chiqarish shlangi og'zini bukilgan holda bo'lishi uchun mahsulot bilan birga berilgan

 

(A) plastik shlang yo'naltirgichidan foydalaning. Barqaror suv chiqarishni ta'minlash

 

uchun halqadan foydalangan holda yo'naltirgichni devorga mahkamlang.

A

 

Rakovina suv chiqarish trubasida

Shlangning uchi pol yuzasidan kamida 60 sm balandlikda bo'lishi uchun suv chiqarish trubasi rakovina suv chiqarish sifonidan yuqorida joylashgan bo'lishi kerak.

Suv chiqarish trubasida

Suv chiqarish trubasi 60 smdan 90 smgacha (*) balandlikda bo'lishi kerak. 65 sm balandlikdagi vertikal trubadan foydalanish tavsiya qilinadi. Suv chiqarish shlangining trubaga qiyalagan holda ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Suv chiqarish bosimli trubasiga bo'lgan talablar:

• Minimal diametri 5 sm

Eng kam suv o'tkazish sig'imi daqiqasiga 60 litr

6-QADAM – Kir yuvish mashinasini yoqish

Elektr manbaiga ulash kabelini devordagi saqlagich yoki avtomatik o'chirish bilan himoyalangan 220-240 V / 50 Gzli ruxsat berilgan rozetkaga ulang. Kir yuvish mashinasini yoqish uchun Quvvat tugmasini bosing.

O’zbek - 17

O'RNATISH

Untitled-23 17

6/13/2017 3:44:30 PM

Page 161
Image 161
Samsung WW12H8400EX/LP, WW12H8400EW/LP Qadam Suv chiqarish shlangini joylashtirish, Qadam Kir yuvish mashinasini yoqish