Aqlli Tekshirish

Bu funksiyani yoqish uchun avval Play Store yoki Apple Store-da Samsung Smart Washer-ni yuklab olib, kamerasi bor mobil qurilmaga o'rnating.

Smart Check (Aqlli tekshirish) funksiyasi quyidagilar uchun optimallashtirilgan: Galaxy va iPhone seriyalari (ba'zi modellarda qo'llanilmaydi)

Kir yuvish mashinasi orqa fonda o'zini tekshiradi, agar xatolik topilsa, xato kodini ko'rsatadi. Bunday holda quyidagi bosqichlarga amal qiling:

1.Mobil qurilmangizda Samsung Smart Washer ilovasini ishga tushiring va Smart Check (Aqlli tekshirish) tugmasini bosing.

2.Mobil qurilmani kir yuvish mashinasining ekraniga yuzlashtiring, shunda mobil qurilma bilan kir yuvish mashinasi yuzma-yuz turadi. Keyin xato kodi avtomatik ravishda ilova tomonidan aniqlanadi.

3.Xato kodi to'g'ri aniqlanganida, ilova xato haqida keyingi amallar bilan birgalikda batafsil ma'lumotni ko'rsatadi.

Funksiya nomi uchun, Smart Check (Aqlli tekshirish), tilga qarab farq qilishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinasi ekranida yorug'lik akslansa, ilova xato kodini aniqlay olmasligi mumkin.

Agar ilova Smart Check (Aqlli tekshirish) kodini ketma-ket aniqlay olmasa, xato kodini ilova ekraniga qo'lda kiriting.

O’zbek - 33

TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH

Untitled-23 33

6/13/2017 3:44:35 PM

Page 177
Image 177
Samsung WW12H8400EX/LP, WW12H8400EW/LP manual Aqlli Tekshirish