Qotib qolgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang.
•Agar ular kir yuvish mashinasi ichida to'planib qolsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
Yuvilishi kerak bo'lgan barcha kiyimlar cho'ntaklarining bo'sh ekanligiga ishonch hosil qiling.
•Tangalar, to'g'nag'ichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, o'tkir buyumlar kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Katta to'qalari, tugmalari yoki boshqa og'ir metall buyumlari mavjud bo'lgan kiyimlarni yuvmang.
Ularning ranglarining o'chmaslik darajasi asosida kirlarni ranglar bo'yicha turlarga ajrating va tavsiya qilingan rejim, suv harorati va qo'shimcha funksiyalarni tanlang.
•Bu ranglarning o'chishiga yoki matoning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Eshikni yopayotganingizda bolalar barmoqlarining eshikka qisilib qolmasligiga ehtiyot bo'ling.
•Ushbu talabga amal qilmaslik shikastlanishga olib kelishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Tozalashga oid muhim OGOHLANTIRISHLAR
Kir yuvish mashinasini unga suv sepish yo'li bilan tozalamang.
Kuchli kislotaviy tozalash vositalaridan foydalanmang.
Kir yuvish mashinasini tozalash uchun benzin, erituvchilar yoki spirtdan foydalanmang.
•Bu ranglarning o'chishi, deformatsiyalanish, elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini tozalash yoki unga texnik xizmat ko'rsatishdan avval uni devordagi rozetkadan uzing.
•Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
WEEE belgisiga oid ko'rsatmalar
Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish (Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi) (Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofisiga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tijoriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.
O’zbek - 10
6/13/2017 3:44:26 PM