Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

Ushbu ogohlantiruvchi belgilar Sizni va boshqalarning shikastlanishlarini oldini olish uchun bu yerda keltirilgan. Iltimos, ularga qat'iy amal qiling.

Ushbu qo'llanmani o'qib chiqqandan keyin sizga keyinchalik kerak bo'lishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni qidirish uchun uni ishonchli joyda saqlang.

Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko'rsatmalarni o'qib chiqing.

Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy xatarlar mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing va undan foydalanganda xavfsizlik choralariga amal qiling.

Texnika xavfsizligi bo'yicha muhim choralar

OGOHLANTIRISH

Yong'in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:

1.Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida avvaldan ko'rsatmalar berilmagan bo'lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.

2.Yevropada foydalanish uchun: Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yo'riq yoki ko'rsatma berilgan taqdirda va uning xavfini tushingan holda foydalanishi mumkin. Bolalar ushbu qurilma bilan o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar tomonidan nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak.

3.Bolalar jihoz bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib turishingiz kerak.

4.Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.

5.Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to'plamidan foydalanilishi va eski shlanglar to'plamidan qayta foydalanilmasligi lozim.

6.Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo'lgan qurilmalarda gilam ushbu tirqishlarni to'sib qo'ymasligi kerak.

7.Yevropada foydalanish uchun: Uzluksiz nazorat ostida bo‘lmasa, 3 yoshdan kichik bolalarni yaqinlashtirmang.

4  O'zbek

WW5000J(SERK)-03578B-04_UZ (CIS).indd 4

2015-12-23 ￿￿ 1:56:02

Page 112
Image 112
Samsung WW60J5213HSDLP manual Texnika xavfsizligi boyicha muhim choralar, Ogohlantirish