DIQQAT

8.Issiqlik o'chirgichining tasodifiy qayta o'rnatilishi tufayli yetadigan zararlarning oldini olish uchun qurilma taymer singari tashqi o'chirib-yoqish qurilmasi orqali elektr toki bilan ta'minlanmasligi yoki xizmat ko'rsatuvchilar tomonidan muntazam ravishda o'chirib-yoqiluvchi zanjirga ulanmasligi kerak.

O'rnatishga oid muhim ogohlantirishlar

OGOHLANTIRISH

Ushbu qurilmani o'rnatish malakali texnik yoki xizmat ko'rsatuvchi kompaniya tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, portlash, mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina og'ir, shuning uchun uni ko'targanda ehtiyot bo'ling.

Elektr tarmog'iga ulash shnurini 220-240 V / 50 Gzli devor rozetkasiga ulang va bu rozetkadan faqat ushbu mashinani ulash uchun foydalaning. Uzatma simidan foydalanmang.

Uchtalik yoki uzaytma simdan foydalangan holda, rozetkaga boshqa qurilmalarni ulash elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Elektr kuchlanishi, chastotasi va tok kuchining mahsulot xususiyatlarida ko'rsatilganlari bilan bir xil ekanligiga ishonch hosil qiling. Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin. Elektr manbaiga ulash vilkasi rozetkaga mahkam tiqilgan bo'lishi kerak.

Chang va suv kabi begona moddalarni ketkazish uchun elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylarini muntazam ravishda quruq latta bilan artib turing.

Elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va quruq latta bilan arting.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga shnur polda bemalol yotadigan tarzda tiqing.

Agar elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga teskari yo'nalishda ketadigan tarzda tiqsangiz, shnur ichidagi elektr simlar shikastlanishi va bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Barcha qadoqlash materiallarini bolalarning qo'llari yetmaydigan joylarda saqlang, chunki qadoqlash materiallari ular uchun xavfli bo'lishi mumkin.

Agar bola paketga boshini tiqsa, bu uning bo'g'ilib qolishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina, elektr manbaiga ulash vilkasi yoki shnuri shikastlangan hollarda, o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Ushbu mashina ishonchli tarzda yerga ulangan bo'lishi kerak.

Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

O'zbek  5

WW5000J(SERK)-03578B-04_UZ (CIS).indd 5

2015-12-23 ￿￿ 1:56:02

Page 113
Image 113
Samsung WW60J5213HSDLP manual Diqqat, Ornatishga oid muhim ogohlantirishlar