Ishga tushirishdan avval

Kir yuvish vositasi tortmasi bo'yicha yo'riqnoma

Kir yuvish mashinasida uch bo'lmali taqsimlagich bor: chap bo'lma asosiy yuvish uchun, oldidagi o'ng bo'lma gazlamani yumshatadigan vositalar uchun, orqadagi o'ng bo'lma esa dastlabki yuvish uchun.

Ishga tushirishdan avval

A

DIQQAT

01 Dastlabki yuvish bo'lmasi: Kir yuvish vositasi yoki kraxmal ishlating.

02 Asosiy yuvish bo'lmasi: Asosiy yuvish vositasi, suvni yumshatkich, ivitish vositasi, oqartirgich va/ yoki dog' ketkazgich ishlating.

03Yumshatkich bo'lmasi: Mato yumshatkich kabi qo'shimchalar ishlating. Maks (A) chizig'idan oshirib yubormang.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtida, kir yuvish vositalari uchun tortmani ochmang.

Quyidagi turdagi kir yuvish vositalaridan foydalanmang:

Tabletkali yoki kapsulali turdagi

Sharcha yoki to'rsimon turdagi

Bo'lma to'silib qolmasligi uchun quyultirilgan yoki yuqori to'yintirilgan vositalarni (gazlama yumshatkichi yoki kir yuvish vositasini) qo'llashdan oldin ularga suv qo'shish lozim.

Vosita tortmasiga kir yuvish moddalarini soling

1. Kir yuvish vositasi tortmasini oching.

2. Kir yuvish vositasini asosiy yuvish bo'lmasiga soling, bunda ishlab chiqaruvchining yo'l-yo'riq va tavsiyalariga rioya qiling. Suyuq vositani ishlatish uchun 28-betga qarang.

26  O'zbek

WW5000J(SERK)-03578B-04_UZ (CIS).indd 26

2015-12-23 ￿￿ 1:56:06

Page 134
Image 134
Samsung WW60J5213HSDLP Kir yuvish vositasi tortmasi boyicha yoriqnoma, Vosita tortmasiga kir yuvish moddalarini soling