Foydalanishga oid ogohlantirishlar
DIQQAT
Kir yuvish mashinasi kir yuvish vositasi, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona buyumlar bilan ifloslangan hollarda, elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing va nam, yumshoq latta bilan kir yuvish mashinasini tozalang.
•Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning o'chishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan chiqishi yoki zanglashga olib kelishi mumkin.
Kuchli zarba ta'sirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda, ehtiyot bo'ling.
•Oynaning sinishi jarohat olishga olib kelishi mumkin.
Suv quyish to'xtatilgandan keyin yoki suv quyish shlangini qaytadan ulashda kranni
•Suv quyish shlangi yoki vodoporvod quvuridagi havo bosimi mahsulot qismlarini shikastlashi yoki suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
Agar kir yuvish mashinasini ishlatish vaqtida suv chiqishi xatoligi sodir bo'lsa, suv chiqarish tizimi bilan bog'liq muammoning mavjudligini tekshiring.
•Agar kir yuvish mashinasidan suv chiqarish tizimi muammosi tufayli suvga ko'milgan holda foydalanilsa, bu elektr toki urishi yoki yong'inga sabab bo'lishi mumkin.
Yuviladigan kirlarni ular kir yuvish mashinasining eshigiga turib qolmaydigan tarzda, to'laligicha kir yuvish mashinasining ichiga joylashtiring.
•Agar yuviladigan kir mashina eshigiga tiqilib qolsa, u shikastlanishi, kir yuvish mashinasi ishdan chiqishi yoki suvning chiqib ketishi sodir bo'lishi mumkin.
Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda, kranni yopib qo'ying.
Suv quyish shlangi ulovchisidagi vintlarning tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil qiling.
•Ushbu talabga amal qilmaslik mulklarning shikastlanishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Rezina zichlagich va old eshik oynasida begona narsalarning (masalan, mato parchalari, iplar, soch va hokazo) yo'qligiga ishonch hosil qiling.
•Agar begona buyumlar eshikka tiqilib qolsa yoki eshik mahkam yopilmasa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
Mashinadan foydalanishdan avval kranni oching va suv quyish shlangi ulovchisining mahkam biriktirilganligi va suvning oqib chiqmasligini tekshiring.
•Agar suv quyish shlangi ulovchisi vintlari bo'shab qolgan bo'lsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
Siz xarid qilgan kir yuvish mashinasi faqat uyda foydalanish uchun mo'ljallangan.
Kir yuvish mashinasidan ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan bog`liq maqsadlarda foydalanish mashinadan noto'g'ri foydalanish hisoblanadi. Bunday hollarda, kir yuvish mashinasiga nisbatan Samsung tomonidan beriladigan kafolat qo'llanilmaydi va bunday noto'g'ri foydalanish natijasidagi nosozliklar yoki shikastlanishlar uchun javobgarlikni Samsung zimmasiga yuklab bo'lmaydi.
O'zbek 9
Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar