Muzdan tushirish

Uning harorati 0 °C dan pastga tushganida kir yuvish mashinasi muzlashi mumkin.

1.Kir yuvish mashinasini o’chiring va elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

2.Shlangni ajratib olish uchun shlanglar ulangan vodoprovod krani ustidan iliq suv quying.

3.Suv quyish shlangini uzing va uni iliq suvga botiring.

4.Barabanga iliq suv quying va uni 10 daqiqa davomida qoldiring.

5.Suv quyish shlangini suv kraniga qaytadan ulang.

Agar shunda ham kir yuvish mashinasi yaxshi ishlamasa, u yaxshi ishlagunicha yuqoridagi qadamlarni takrorlang.

Uzoq vaqt foydalanilmaslikka qarshi qarov

Kir yuvish mashinasidan uzoq vaqt foydalanmasdan qoldirmang.

Agar shunday qilishga to’g’ri kelsa, kir yuvish mashinasini quriting va elektr tarmog’iga ulash kabelini rozetkadan chiqaring.

1.ПОЛОСКАНИЕ+ОТЖИМ (CHAYISH+SIQISH)-ni tanlash uchun “Rejim tanlagich”ni burang.

2.Barabanni bo’shatib, Boshlash/To’xtatish tugmasini bosing.

3.Rejim ishi tugallangach suv kranini yoping va suv ta’minoti shlangini uzing.

4.Kir yuvish mashinasini o’chiring va elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

5.Baraban ichida havo aylanishi uchun eshikni oching.

O'zbekcha - 35

05 TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH

WW90H7410EW-03403F_UZ.indd 35

2014/3/22 20:12:35

Page 167
Image 167
Samsung WW90H7410EW/LP, WW80H7410EW/LP manual Muzdan tushirish, Uzoq vaqt foydalanilmaslikka qarshi qarov