5-QADAM - Yuklanish sig’imini aniqlash
Kir yuvish mashinasini ortiq darajada yuklantirmang. Ortiq darajada yuklantirish kir yuvish mashinasining to’g’ri yuvmasligiga olib kelishi mumkin. Kiyim turi uchun yuklanish sig’imini bilish uchun
Choyshablar yoki parli adyollarni yuvishda yuvish vaqti ortishi yoki siqish samaradorligi pasayishi mumkin. Choyshablar yoki yostiq jildlari uchun tavsiya qilingan eng yuqori siqish tezligi 800 ayl./daq. va yuklanish sig'imi 2 kg yoki undan kam.
DIQQAT: Kirlar bir tekis taqsimlanmagan hollarda «UE» xatolik kodi namoyish qilinadi, kirlarni qayta taqsimlang. Bir tekis taqsimlanmagan kir barabanning aylanishini kamaytiradi.
6-QADAM - To’g’ri kir yuvish vositasi turidan foydalanish
Kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik matolar, jun), rang, yuvish harorati va kirlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Doimo avtomat kir yuvish mashinalari uchun mo’ljallangan “kam ko’piklovchi” kir yuvish vositasidan foydalaning.
• Yuviladigan kirlarning og'irligi, kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik darajasiga asoslangan holda kir yuvish vositasi ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling. Suv qattiqligi darajasini aniq bilmasangiz, mahalliy suv ta'minoti organiga murojaat qiling.
•Qattiqlashishga moyil bo'lgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday kir yuvish vositalari barabanning suv chiqarish tirqishlarini berkitgan holda chayish siklidan keyin qolishi mumkin.
DIQQAT: Junli matolar dasturidan foydalanib, junli matolarni yuvish vaqtida mo'tadil suyuq kir yuvish vositasidan foydalaning. Junli matolar dasturida foydalanilganda kukunli kir yuvish vositasi kirda qolishi va kirning rangini o'chirishi mumkin.
O'zbekcha - 20
2014/3/22 20:12:31