Texnik xizmat ko’rsatish

Buzilgan ishlashni oldini olish va uning xizmat ko’ratish siklini saqlash uchun kir yuvish mashinasini toza saqlang.

Очистка Барабана Eco (Barabanni Eco Tozalash)

Barabanni tozalash va undagi bakteriyalarni yo’qotish uchun bu rejimni muntazam ravishda bajarib turing.

1.Kir yuvish mashinasini yoqish uchun Quvvat tugmasini bosing.

2.Очистка Барабана Eco (Barabanni Eco Tozalash)-ni tanlash uchun Rejim tanlagichni burang.

3.Boshlash/To’xtatish tugmasini bosing.

Очистка Барабана Eco (Barabanni Eco Tozalash) uchun suv harorati 70 °C ga o'rnatilgan va buni o'zgartirib bo'lmaydi.

DIQQAT: Barabanni tozalash uchun hech qanday tozalash vositalaridan foydalanmang. Barabandagi kimyoviy qoldiqlar yuvish samaradorligini pasaytiradi.

Очистка Барабана Eco (Barabanni Eco Tozalash) eslatmasi

Har 40-yuvishdan keyin bosh ekranda Очистка Барабана Eco (Barabanni Eco Tozalash) eslatmasi ko’rsatiladi. Очистка Барабана Eco (Barabanni Eco Tozalash) siklini ishga tushiring. Очистка Барабана Eco (Barabanni Eco Tozalash)-ni muntazam ravishda bajarib turish tavsiya qilinadi.

Bu eslatmani ilk bor ko’rganingizda uni keyingi 6 safar e’tiborsiz qoldirishingiz mumkin. 7-yuvishda eslatma namoyish qilinmaydi. Biroq ikkinchi 40 yuvishdan keyin u yana namoyish qilinadi.

O'zbekcha - 29

05 TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH

WW90H7410EW-03403F_UZ.indd 29

2014/3/22 20:12:34

Page 161
Image 161
Samsung WW90H7410EW/LP Texnik xizmat ko’rsatish, Очистка Барабана Eco Barabanni Eco Tozalash, Texnik Xizmat KO’RSATISH