Texnika xavfsizligi bo’yicha muhim choralar

OGOHLANTIRISH: Yong'in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:

Bolalarga (yoki uy hayvonlariga) kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida o’ynashiga yo’l qo’ymang. Kir yuvish mashinasi eshigini ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar mashina ichida tiqilib qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari mumkin.

Agar bolalar nazorat ostida bo’lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to’g’risida avvaldan ko’rsatmalar berilmagan bo’lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.

Ularning mashina bilan o’ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun bolalarni kuzatib turing.

Yevropada foydalanish uchun: Agar ular nazorat ostida bo’lsalar yoki ularga ushbu mashinadan xavfsiz tarzda foydalanish to’g’risida ko’rsatmalar berilsa va ular bo’lishi mumkin bo’lgan xatarlarni anglab yetsalar, bu kir yuvish mashinasidan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu kir yuvish mashinasi bilan o’ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko’rsatish nazoratsiz tarzda bolalar tomonidan amalga oshirilmasligi kerak.

Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo’lsa, xatarlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko’rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.

Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog’iga ulash shnuri, vodoprovod krani va suv chiqarish trubasidan foydalanish mumkin bo’lgan tarzda o’rnatilishi kerak.

Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo’lgan qurilmalarda gilam ushbu tirqishlarni to’sib qo’ymasligi kerak.

Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to’plamidan foydalanilishi va eski shlanglar to’plamidan qayta foydalanilmasligi lozim.

O'zbekcha - 4

WW90H7410EW-03403F_UZ.indd 4

2014/3/22 20:12:28

Page 136
Image 136
Samsung WW80H7410EW/LP, WW90H7410EW/LP manual Texnika xavfsizligi bo’yicha muhim choralar