Chiqindi filtri

Uning tiqilib qolishini oldini olish uchun chiqindi filtrini yiliga 5 yoki 6 marta tozalash tavsiya qilinadi. Tiqilib qolgan chiqindi filtri ko’piklashish samarasini pasaytirishi mumkin.

1.Kir yuvish mashinasini o'chiring va elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

2. 31-sahifadagi «Favqulodda suvni chiqarish» ga qaragan holda baraban ichidagi qoldiq suvlarni chiqarib yuboring.

3.Tanga yoki kalitdan foydalanib filtr qopqog'ini oching.

4.Chiqindi filtri qopqog'ini chapga burang va qolgan suvlarni chiqarib yuboring.

5.Chiqindi filtrini chiqarib oling.

6.Chiqindi filtrini yumshoq cho'tka bilan tozalang. Filtr ichidagi suv

chiqarish nasosi parragining tiqilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

7. Chiqindi filtrini joyiga qaytarib soling va filtr qopqog'ini o'ngga burang.

05 TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH

• Xavfsizlik filtri qopqog'ini ochish uchun uni bosing va soat miliga qarama-qarshi yo'nalishda burang. Qopqoq prujinasi uni ochishga yordam beradi.

Xavfsizlik filtrini yopish uchun uni soat mili yo'nalishida burang.

Prujina tirqillagan tovush chiqaradi, bu oddiy holdir.

Agar chiqindi filtr tiqilib qolgan bo'lsa, ekranda «5E» xatolik kodi namoyish qilinadi.

DIQQAT

Filtrni tozalagandan keyin filtr qopqog'ining to'g'ri yopilganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda bu suvning oqib ketishiga olib kelishi mumkin.

Tozalagandan keyin filtrning to'g'ri solinganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda bu ishlash xatoligi yoki suvning oqib ketishiga olib kelishi mumkin.

O'zbekcha - 33

WW90H7410EW-03403F_UZ.indd 33

2014/3/22 20:12:35

Page 165
Image 165
Samsung WW90H7410EW/LP, WW80H7410EW/LP manual Chiqindi filtri, Diqqat