pechdan foydalanish

MIKROTO'LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI

Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.

Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:

Muzdan tushirish

Tezkor isitish/tayyorlash

Taom tayyorlash

Taom tayyorlash tamoyili.

1.Magnetron tomonidan hosil qilinadigan mikroto'lqinlar aylanuvchi patnisda taomni aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.

2.Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm) chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlikning mahsulot ichida

tarqalishi hisobiga pishirish davom ettiriladi.

3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi mumkin:

Miqdori va zichligi

Tarkibidagi suv miqdori

Boshlang'ich harorat (muzlatilganligi yoki yo'qligi)

Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi sababli, taom pechdan olingandan keyin ham taom pishayotgan bo'ladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish lozim:

Taomni o'rtasigacha bir tekis pishirish

Taomning butun hajmi bo'ylab bir xil harorat

PECHNING TO'G'RI ISHLASHINI TEKSHIRISH

Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. Boshqaruv panelining quyi chap burchagidagi katta tugmachani bosgan holda pech eshikchasini oching.

Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Keyin eshikchani yoping.

1.Qo'shiladigan har 30 soniya uchun +30СЕК (+30s)

tugmasini bir marta bosing.

2.СТАРТ tugmasini bosing.

Natija: Pechdagi suv 4-5 daqiqa davomida isiydi.

Keyin suv qaynashi kerak.

Pech mos keladigan rozetkaga tiqilgan bo'lishi kerak. Pechga aylanuvchi patnis o'rnatilgan bo'lishi kerak. Agar eng yuqori darajadagidan farq qiluvchi quvvat darajasidan foydalanilsa, suvni qaynash darajasiga yetkazish uchun ko'proq vaqt talab qilinadi.

03 PECHDAN FOYDALANISH

O’zbek - 13

ME83KRQW-1_BW_DE68-04285B-01_UZ.indd 13

2015-01-30 ￿￿ 2:09:21

Page 121
Image 121
Samsung ME83DRQW-1/BW Pechdan foydalanish, Mikrotolqinli Pechning Ishlash Tamoyili, Pechning Togri Ishlashini Tekshirish