4.Pech ichini tozalash uchun quruq latta ishlating.

OGOHLANTIRISH

Sikl tugamagunicha eshigini ochmang. Pechdagi suv qaynoq bo‘ladi, kuydirib qo‘yishi mumkin.

IZOH

Pech yomon kirlangan bo‘lsa, masalan qizdirib tayyorlash yoki gril natijasida, Bug‘da tozalashni ishlatishdan oldin qattiq dog‘larni yuvish vositasi yordamida qo‘lda yuvib tashlash tavsiya etiladi.

Sikl tugallangach, eshigini qiya ochib qo‘ying. Shunda ichki emal yuzasi yaxshiroq quriydi.

Pech ichi qaynoq bo‘lsa, tozalash ishga tushmaydi. Pech sovishini kutib, keyin qayta urining.

Tubiga majburan suv quymang. Ohista quying. Aks holda, suv oldiga toshib ketadi.

Qaynoq tozalash

Pirolitik tozalashda yuqori haroratda termal tozalanadi. U qoldiq yog‘larni kuydirib tashlab, qo‘lda tozalashni osonlashtiradi.

1.Barcha anjomlarni, jumladan, yon relslarni ham olib tashlab, pech ichidagi yirik qoldiqlarni qo‘lda artib tashlang. Aks holda, tozalash paytida ular o‘t olib, yong‘in kelib chiqishi mumkin.

2. Rejim tanlagichini aylantirib,

ni tanlang.

3.Qiymat shkalasini burab, Qaynoq tozalashni

(C 2) tanlang, keyin OK tugmasini bosing.

4.Tozalash vaqtini 3 bosqichda tanlash uchun qiymat shkalasini burang: 1 st 50 daq,

2 st 10 daq va 2 st 30 daq.

5.Tozalashni boshlash uchun OK tugmasini bosing.

6.Tugallangach, pech sovishini kuting, keyin ho‘l latta bilan eshik chekkalarini artib

chiqing.

DIQQAT

Pechga tegmang, chunki sikl vaqtida pech qizib ketadi.

Biror-bir hodisa yuz bermasligi uchun bolalarni pechga yaqinlashtirmang.

Sikl tugallangach, sovitish ventilyatori pechni sovitish uchun ishlayotgan paytda pechni o‘chirmang.

IZOH

Sikl boshlangach, pech ichi qizib ketadi. Keyin, xavfsizlik maqsadida eshik qulflanadi. Sikl tugab, pech sovigach, eshik qulfi ochiladi.

Pechni tozalashdan avval bo‘shatishni unutmang. Pech ichidagi yuqori harorat natijasida anjomlar qiyshayishi mumkin.

O'zbek  23

Amallar

NV75K5571RG_WT_DG68-00739B-00_RU+UK+KK+UZ.indb 23

3/11/2016 4:39:22 PM

Page 167
Image 167
Samsung NV75K5571RG/WT manual Pech ichini tozalash uchun quruq latta ishlating