Gazlangan suv: Ishlatish bo'yicha eslatmalar

Vakolatga ega bo'lgan sotuvchilardan olingan haqiqiy SodaStream silindrlaridan foydalaning.

Siz Sparkling Water Production (Gazlangan suv hosil qilish) funksiyasini yoqqaningizdan 10 daqiqalar o'tgach muzlatgich gazlangan suv hosil qilishni boshlaydi.

Muzlatgich gazlangan suv hosil qilayotgan vaqtda muzlatgich eshigi ochilsa, u to'xtaydi. Eshik yopilishi bilan taxminan bir daqiqa ichida u gazlangan suv hosil qilishni davom ettiradi.

Muzlatgich gazlangan suv hosil qilayotgan vaqtda elektr ta'minoti uzilib qolsa, elektr ta'minoti qayta tiklanganda muzlatgich karbonlashtirish jarayonini qaytadan boshlashi va suvga xaddan tashqari ko'p karbon qo'shishi mumkin.

Agar bunday hodisa yuz bersa, ortiqcha karbonlashgan suvni chiqarib tashlash va jarayonni qaytadan boshlashni tavsiya qilamiz.

Agar gazlangan suvni taqsimlash davom ettirilsa, suv oqishi beqaror bo'lishi yoki buzilishi mumkin.

Bu gazlangan suv bakidagi bosimning o'zgarishlari tufayli hosil bo'ladi. Bu nuqson emas.

Agar suv shlangi bukilib qolgan yoki suv to'g'ri taqsimlanmagan bo'lsa, gazlangan suvning karbonlashganlik darajasi yuqori bo'ladi.

Bu gazlangan suv bakida qancha suv borligidan qat'iy nazar silindr tomonidan

bir xil miqdordagi karbonat angdrid (CO2) taqsimlanishi tufayli yuz beradi.

SodaStream karbonatorning foydali xizmat muddati siz tanlaydigan karbonlashganlik darajasiga bog'liq ravishda turlicha bo'ladi.

Agar gazli suv funksiyasi yoqilgan va siz taxminan 1,1 litr suv chiqarsangiz, muzlatgich avtomatik tarzda yana gazli suv tayyorlashni boshlaydi.

Agar siz uzoq vaqt uyda bo'lmasangiz, bundan keyin Sparkling Water (Gazlangan suv) funksiyasidan foydalanishni xohlamasangiz yoki ko'chayotgan bo'lsangiz:

• Muzlatgichni tashishdan avval DIQQAT SodaStream karbonatorni

muzlatgichning chap eshigida joylashgan bo'lmadan olib qo'ying.

1.Sparkling Water (Gazlangan suv) funksiyasini o'chirish uchun Sparkling Water (Gazlangan suv) tugmasini uch soniya bosib turing.

2.Bakdagi hamma suvni chiqarib tashlash orqali gazlangan suv bakini bo'shating.

3.SodaStream karbonatorni olib qo'yish

ISHLAMOQDA

O'zbekcha - 53

DA68-03022F-08.indb 53

2017. 11. 27. ￿￿ 3:15

Page 177
Image 177
Samsung RF24HSESBSR/WT manual Gazlangan suv Ishlatish boyicha eslatmalar