Agar muzlatgich elektr ta'minotidan uzilgan bo'lsa, uni qayta ulash uchun kamida besh daqiqa kutishingiz kerak bo'ladi.

Agar ta’til rejalashtirgan bo‘lsangiz yoki muzlatgichni uzoq vaqt (3 haftadan ortiq) ishlatmaydigan bo‘lsangiz, uning ichini bo‘shatib, muz chelagini olib qo‘ying, keyin tokdan ajratib, suvni yoping, ichki devorlaridagi namni artib tashlang va hid chiqmasligi va mog‘or bosmasligi uchun eshiklarini ochiq qoldiring.

Muzlatgichga suv tekkanda elektr quvvati vilkasini chiqarib oling va Samsung Electronics xizmat markaziga murojaat qiling.

Har qanday shishali yuzaga zarba bermang yoki qattiq kuch ishlatmang.

-Singan shisha odamga jarohat va/yoki mulkka zarar yetkazishi mumkin.

Suv idishi va muz bo'laklari shakl beruvchilarni faqat ichimlik suvi bilan to'ldiring (vodoprovod suvi, mineral suv yoki tozalangan suv).

-Suv bakini choy yoki energetik ichimliklar bilan to'ldirmang. Bu muzlatgichni shikastlashi mumkin.

Barmoqlaringizning tiqilib qolmasligi uchun ehtiyot bo'ling.

Agar muzlatgichingiz suv bilan to'lib qolgan bo'lsa, yaqin atrofdagi xizmat markaziga murojaat qiling.

- Elektr quvvatidan zarba olish yoki yong'in chiqishi xavfi mavjud.

Muzlatgich eshigidagi savatlarda sabzavot yog‘ini saqlamang. Yog‘ qotib qolib, ta’mi o‘zgarishi va ishlatish qiyin bo‘lib qolishi mumkin. Bundan tashqari, ochiq idishdan yog‘ sizib chiqishi va eshik savatining yorilishiga olib kelishi mumkin. Yog‘ idishini ochgandan so‘ng uni salqin va soya joyda, masalan, shkaf yoki bufetda saqlagan ma’qul.

-Sabzavot yog‘iga misol: zaytun yog‘i, makkajo‘xori yog‘i, uzum yog‘i va hokazo.

Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar

O'zbek  19 

Untitled-5 19

2017-12-14 ￿￿ 7:25:27

Page 147
Image 147
Samsung RS62K6130FG/WT, RS62K6130S8/WT manual Ozbek 19