Xizmat ko‘rsatish

Xizmat ko‘rsatish

4. Kartrij murvatini soat yo‘nalishida burab, joyiga mahkamlang.

5. Filtrning ishlash muddatini qayta qo‘yish uchun funksiyalar panelidagi Filter Reset (Filtrni qayta boshlash) tugmasini 3 soniya bosib turing. Filtr indikatori ( ) o‘chadi.

6. Almashtirish nihoyasiga yetgach, vodoprovoddan g‘uborlarni yuvib yuborish uchun 4 litrcha suvni o‘tkazib yuboring. Batafsil ma’lumot uchun Yuvib yuborish bo‘limini ko‘ring.

IZOH

Yangi o‘rnatilgan filtr tufayli dispenserdan suv otilib chiqishi mumkin. Chunki vodoprovodga havo kirgan bo‘ladi.

Almashtirish jarayonida muzlatgichdan polga suv tomishi mumkin. Bu holda quruq latta bilan artib oling.

Teskari osmosli suvni filtrlash tizimi

Teskari osmosli suvni filtrlash tizimiga keladigan suv bosimi 35 psi va 120 psi (241 kPa va 827 kPa) orasida bo‘lishi lozim.

Teskari osmosli suvni filtrlash tizimidan muzlatgichning sovuq suv tizimiga ketadigan suv bosimi kamida 40 psi (276 kPa) bo‘lishi lozim. Agar suv bosimi keltirib o‘tilganidan past bo‘lsa:

• Teskari osmosli tizimdagi cho‘kindi filtri tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring. Zarur bo‘lsa, filtrni almashtiring.

Teskari osmosli tizimdagi suv idishini to‘ldiring.

Muzlatgichda suv filtri bor bo‘lsa, uni teskari osmosli tizim bilan birgalikda ishlatilganida, u suv bosimini yanada pasaytirishi mumkin. Suv filtrini olib tashlang.

Ko‘proq ma’lumot yoki xizmat ko‘rsatish uchun litsenziyali santexnik mutaxassisga murojaat qiling.

Yangi filtrga buyurtma berish

Yangi suv filtrini sotib olish uchun mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Chiroqlar va bakteriyaga qarshi filtrlar

Chiroqlar va bakteriyaga qarshi filtrlarni foydalanuvchi tomonidan almashtirishga ruxsat berilmagan. Ularni o‘zingiz almashtirishga urinmang. Ularni almashtirish uchun mahalliy Samsung xizmat markaziga murojaat qiling.

58  O'zbek

Untitled-5 58

2017-12-14 ￿￿ 7:25:38

Page 186
Image 186
Samsung RS62K6130S8/WT, RS62K6130FG/WT manual Chiroqlar va bakteriyaga qarshi filtrlar