Harorat sozlamalari

Optimal samaradorlikka erishish uchun haroratni muzxonada -19 °C (-2 °F) darajaga, sovutgichda 3 °C (37 °F) darajaga qo‘yishni maslahat beramiz.

Muzxona

Muzxona haroratini -23 °C (-9 °F) va -15 °C (5 °F) oralig‘ida o‘zgartirish mumkin.

Haroratni o‘zgartirish uchun kerakli harorat tanlangunicha Freezer (Muzxona) tugmasini bosib turing. Harorat 1 birlikda o‘zgaradi.

• Tavsiya etiladi: -19 °C (-2 °F)

IZOH

Muzqaymoq -15 °C (5 °F) darajada erishi mumkin.

Sovutgich

Sovutgich haroratini 1 °C (34 °F) va 7 °C (44 °F) oralig‘ida o‘zgartirish mumkin.

Haroratni o‘zgartirish uchun kerakli harorat tanlangunicha Fridge (Sovutgich) tugmasini takror bosing. Harorat 1 birlikda o‘zgaradi.

• Tavsiya etiladi: 3 °C (37 °F)

Eshikni tez-tez ochib tursangiz yoki muzlatgichga katta miqdordagi oziq-ovqat qo‘yilsa, muzxona yoki sovutgich harorati ko‘tarilishi mumkin. Bu holda, belgilangan haroratga yetguniga qadar harorat displeyi miltillab turadi.

IZOH

Miltillash to‘xtamasa, tokdan ajrating va 10 daqiqadan so‘ng muzlatgichni yoqing.

O'zbek  45 

Ishlatish amallari

Untitled-5 45

2017-12-14 ￿￿ 7:25:34

Page 173
Image 173
Samsung RS62K6130FG/WT, RS62K6130S8/WT manual Harorat sozlamalari