Xavfsizlik ma’lumoti
Qurilmani ishlatishdan oldin ushbu muhim xavfsizlik ma’lumotlarini o‘qib chiqing. U qurilmalar uchun umumiy xavfsizlik ma’lumotlariga va Sizning qurilmangizga tegishli bo‘lmagan tarkibga ega bo‘lishi mumkin. O‘zingiz va boshqalarga yoki qurilmangizga zarar yetkazmaslik uchun ogohlantirish ma’lumotlariga rioya qiling.
“Qurilma”termini mahsulot va uning batareyasi, zaryadlash qurilmasi, mahsulot bilan birga taqdim etilgan elementlar va mahsulot bilan ishlatiladigan barcha Samsung tomonidan tasdiqlangan aksessuarlarni bildiradi.
Ogohlantirish
Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal qilmaslik jiddiy shikastlanishga yoki o‘limga olib kelishi mumkin
Zararlangan elektr kabellari va vilkalaridan yoki bo‘shab qolgan elektr manbai uyasidan foydalanmang
Himoyalanmagan ulanishlar elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Elektr kabelini nam qo‘l bilan ushlamang yoki zaryadlash qurilmasini kabeldan tortish orqali chiqarmang
Bunday qilish elektr toki urishi natijasidagi o‘limga olib kelishi mumkin.
Elektr kabelini egmang yoki zararlamang
Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
O'zbek