To‘xtovsiz harakat yoki noqulay ob-havo sharoitida qo‘ng‘iroqlarni to‘xtatib turing. Yomg‘ir, qor aralash yomg‘ir, qor, muz va to‘xtovsiz harakat noqulay sharoitni keltirib chiqarishi mumkin.

Eslatmalar yozmang yoki raqamlar qidirmang.“Bajariladiganlar” ro‘yxatini qidirish yoki manzillar kitobini ko‘rib chiqish asosiy vazifangiz bo‘lgan transport vositasini boshqarishdan diqqatingizni chalg‘itadi.

Aql bilan tering va transportlar qatnovini to‘g‘ri baholang. To‘xtab turgan vaqtda yoki transportlar qatnoviga qo‘shilmay turib raqamni tering. Qo‘ng‘iroqlarni transport vositangiz harakatsiz holatiga mos keladigan vaqtga rejalashtiring.

Diqqatni chalg‘ituvchi yoki stressga olib keluvchi suhbatlarga e’tibor bermang. Telefonda gaplashayotgan shaxsga Siz transport vositasini boshqarayotganingizni bildiring hamda diqqatingizni chalg‘ituvchi suhbatlarni darhol to‘xtating.

Qurilmangizdan to‘g‘ri foydalanish

Qurilmangizni quruq holda saqlang

Namlik yoki suyuqliklar qurilmangiz qismlariga zarar yetkazishi yoki unda qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Qurilmangiz nam bo‘lganda, undan foydalanmang. Agar qurilmangiz yoqilgan bo'lsa, uni o‘chiring va batareyani darhol chiqarib oling (agar qurilma o‘chmasa yoki batareyani chiqara olmasangiz, uni shunday holatda qoldiring). Undan so‘ng, qurilmani sochiq bilan quriting va xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring.

Ushbu qurilmaning ichki suyuqlik indikatorlari sozlangan. Qurilmangizning suv bilan zararlanishi ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin.

Qurilmangizni tekis yuzali joylarga qo‘ying

Agar qurilmangiz tushib ketsa, unga zarar yetishi mumkin.

O'zbek